Özbekiston taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, Krasnoyarskdagi reyddan söng Özbekistonning 4 fuqarosi deport qilingan. Yana 4 nafari çet el fuqarolarini vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirildi. Vazirlik rasmiysi Ahror Burhonov «tadbir Krasnoyarsk ölkasining tegişli idoralari bilan kelişilmagani – mazkur voqeaga sabab bölganini» bildirdi.
22 sentabr kuni Rossiya kuçişlatar tuzilmalari Krasnoyarsk ölkasi Yemelyanovskiy tumanida «Korona» ziyofat zalida ötkazilgan tadbirga bostirib kirib, önlab migrantlarni tekşiruvdan ötkazdi.
Rossiya içki işlar vazirligiga köra, maxsus tuzilmalar va Rosgvardiya kuçlari «noqonuniy migrantlar» va giyohvand moddalar savdosiga aloqador bölgan şaxslarni aniqlaş maqsadida reyd ötkazgan.
Kun.uz obunaçilarining ma’lum qilişiça, öşa kuni özbekistonlik qöşiqçi Jaloliddin Ahmadaliyev konserti bölib ötayotgan bölgan. Politsiya barça 620 nafar mehmonni tekşirgan, ulardan 210 nafari xorijlik ekani aniqlangan. Ularning yonidan erkin muomalaga çiqarilişi taqiqlangan buyumlar yoki moddalar topilmagan. Rossiya tomoni ularning fuqaroligi haqida ma’lumot keltirmadi.

Tarqalgan videolavhada Rosgvardiya xodimlari ziyofatdagi şaxslarning hujjatini tekşirayotgani, ularning yoni xizmat iti bilan tekşirilgani, bir guruh erkak yelkama-yelka saf tortgan holda olib çiqilgani, ayrimlari qöli qayrilgan holda olib ketilgani körinadi.
Şu bilan birga, 26 nafar xorijlik politsiya bölimiga olib ketilgan, ulardan 8 nafari Rossiyada noqonuniy ravişda bölgani ta’kidlanmoqda. Reyd yakunlari böyiça politsiya xodimlari 19 ta ma’muriy bayonnoma tuzgan. Ular çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs tomonidan Rossiyaga kiriş yoki böliş qoidalari va immigratsiya qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.

Özbekiston Migratsiya agentligi migrantlarga qarşi ötkazilgan reydga munosabat bildirib, mamlakat fuqarolarining huquqiy himoyasi ta’minlanişini bildirdi.
«Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida litsenziyaga ega advokat voqea joyiga yuborildi. Ayni paytda mazkur holat Rossiyaning amaldagi qonunçiligi doirasida örganilmoqda», — deyiladi xabarda.
Keyinroq, Özbekiston taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov voqea yuzasidan izoh berdi.
TIV rasmiysiga köra, Krasnoyarskdagi reydda Özbekistonning 8 nafar fuqarosi Rossiyada böliş qoidalarini buzganligi aniqlangan. Ulardan 4 nafariga nisbatan ma’muriy jarima va ma’muriy çiqarib yuboriş çoralari qöllangan, qolgan 4 nafari esa Krasnoyarsk ölkasidagi çet el fuqarolarini vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilgan.

Novosibirskdagi Özbekiston Boş konsulxonasi «tezkor tarzda uşbu fuqarolarga zaruriy huquqiy yordam körsatiş böyiça» çoralar körmoqda.
Ahror Burhonovning yozişiça, «konsert Krasnoyarsk ölkasining tegişli taşkilot va idoralari bilan belgilangan tartibda kelişilmagan bölib, aynan şu holat mazkur voqeaga sabab bölgan». Şuningdek, Boş konsulxona şahar hokimiyati bilan oldindan kelişilgan avvalgi konsertda muammo bölmagani, bunisi Rossiya fuqaroligiga ega bölgan şaxslar tomonidan şaxsiy tartibda taşkil etilganini bildirdi.
Boş konsulxona fikriça, «Krasnoyarsk ölkasida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilayotgan bunday reydlar huquqiy asosga ega bölişi va madaniy hordiq çiqarişga tösqinlik qilmasligi lozim».
Şuningdek, Boş konsulxona «Rossiya kuç tuzilmalari harakatlariga huquqiy baho beriş maqsadida barça zarur hujjatlarni Krasnoyarsk ölkasining huquqni muhofaza qiluvçi organlariga taqdim etgani»ni bildirdi.
Rossiya kuçişlatar tuzilmalari tomonidan markaziy osiyolik, xususan Özbekiston fuqarolariga nisbatan sönggi yillarda tinimsiz ravişda noinsoniy reydlar va asossiz tekşiruvlar ötkazilmoqda. Bunday reydlar davomida Özbekiston fuqarolariga kuç işlatiş, haqoratlaş holatlari aniq qayd etilsa ham, Rossiya tomoni bunga çora körgani ma’lum emas.











