Toşkent viloyatining Piskent, Böka va Quyi Çirçiq tumanlaridagi qator boğçalarda bolalar zaharlangani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilişiça, 24 sentabr kuni Piskent, Böka va Quyi Çirçiq tumanlaridagi davlat boğçalari tarbiyalanuvçilari tuman tibbiyot birlaşmalariga tana haroratining kötarilişi, köngil aynişi va iç ketişi bilan murojaat qilgan.
Bemor bolalarga zaruriy muolajalar amalga oşirilgan, şu kunning özida ularning aksariyatiga soğliği yaxşilangani tufayli uylariga javob berilgan, oğir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.
Hozirda boğçalarning oşxonalari közdan keçirilib, bolalar sutkalik iste’mol qilgan taomlardan olingan namunalar laboratoriyalarda tekşirilmoqda.
Holat yuzasidan 25 sentabr kuni Toşkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan holat böyiça öz kuzatuvini davom ettiradi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabarida zaharlaniş Piskent va Böka tumanlaridagi boğçalarda kuzatilgani aytilgandi. Vazirlikka köra, zaharlanişga Oqqörğon tumanidagi sexlarning birida işlab çiqarilgan kefir sabab bölgan bölişi mumkin.
Holat aynan neçta boğçada kuzatilgani va qança bola jabrlangani haqida IIBB ham, vazirlik ham, bolalar ombudsmani ham aniqlik kiritmayapti.













