Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ukraina siyosiy muloqotni qayta tiklamoqchi
O‘zbekiston va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Nyu Yorkda mamlakatlar o‘rtasida muloqotni chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: O‘zbekiston TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasi doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida savdo, investitsiya, ta’lim va madaniy hamkorlik kabi ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb masalalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama aloqalarning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
«Uchrashuvimiz O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi muloqotni yanada chuqurlashtirish, sheriklikni mustahkamlash hamda xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochish borasidagi qat’iy intilishimizni tasdiqladi», — deb yozdi Saidov.
O‘z navbatida, Andrey Sibiga tomonlar siyosiy muloqotni qayta tiklash va turli sohalarda ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib olganini ta’kidlagan.
«Siyosiy muloqotni qayta tiklash, o‘zaro manfaatli sohalarda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldik. Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga va Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlashga sodiq», – deb yozadi ukrainalik diplomat.
Ma’lumot uchun, mamlakatlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar so‘nggi marta 2021 yil mayida bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
14:14
Baxtiyor Saidov Venada Yohann Vadeful bilan muzokaralar o‘tkazdi
12:41 / 28.11.2025
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
14:56 / 27.11.2025
Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
19:33 / 17.11.2025