NASA birinçi marta lazer nurida kodlangan xabarni rekord darajadagi 350 million kilometrdan ortiq masofaga - Yerdan Marsgaça bölgan örtaça masofadan ham uzoqroqqa muvaffaqiyatli uzatdi va qabul qildi, deb yozdi IFLScience.

Jarayon 2023 yilda 16 Psixeya asteroidini örganiş uçun uçirilgan Psyche kosmik kemasi orqali amalga oşirildi. Qurilma lazerli qabul qilgiç bilan jihozlangan bölib, u signallarni qabul qiliş va Yerga yuboriş imkoniyatiga ega. Buning uçun Kaliforniyadagi NASA stansiyalari, xususan, kuçsiz foton signallarini qayd etgan va ularni ma’lumotlarga aylantirgan Palomar rasadxonasidan foydalanildi.

Bu an’anaviy radio tölqinlarining örnini bosa oladigan optik aloqa texnologiyasining navbatdagi sinovi. Radiodan farqli ölaroq, lazerlar kosmik masofalarda sezilarli darajada katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatiş imkonini beradi.

2023 yil dekabr oyida NASA allaqaçon texnologiyani sinovdan ötkazib, 31 million kilometr masofadan HD formatidagi videoni Yerga uzatgan edi.

«Ikki yil içida uşbu texnologiya uydagi keng polosali internet tezligi bilan taqqoslanadigan tezlikni körsatib, kutganimizdan ham oşib ketdi», dedi NASA ma’muri örinbosari Kleyton Tyorner.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça: agar tizim takomillaştirilsa, u Marsdan ma’lumotlarni deyarli real vaqt rejimida uzatişni ta’minlaydi. Bu şuni anglatadiki, kelajakda insoniyat astronavtlarning Qizil sayyoraga birinçi missiyasini jonli efirda köriş imkoniyatiga ega böladi.

«NASA Amerika tomonidan Marsga yöl olmoqda, lazer aloqasining rivojlanişi esa bizni tadqiqotlarning Oltin asriga yaqinlaştirmoqda», dedi NASA ma’muri vazifasini bajaruvçi Şon Daffi.