Prezident safari davomida Air producs kompaniyasi boş ijroçi direktori Eduardo Menezesni ham qabul qildi.
Air producs sanoat gazlarini işlab çiqariş va yetkazib berişga ixtisoslaşgan. Kompaniyaning bozor kapitallaşuvi 63 milliard AQŞ dollaridan ortiq. Har yili dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida 200 million tonna sanoat gazlarini işlab çiqaradi hamda 750 ga yaqin işlab çiqariş obektlarini boşqaradi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, ayni paytda kompaniyaning Özbekistonga investitsiyalari 1 milliard dollardan oşgan. GTL zavodida sanoat gazlarini qayta işlaş, Farğona neftni qayta işlaş zavodida vodorod, «Navoiyzot»da suyuq karbonat angidrid işlab çiqariş kabi loyihalar amalga oşirilgan.
Energetika vaziriga köra, prezident bilan uçraşuvda kompaniya yana investitsiya kiritişini e’lon qilgan.
“Mana hozirgina bölib ötgan Air producs kompaniyasi bilan uçraşuvda yangi investitsiyalar kiritişga tayyorligini, yangi yönalişlar izlayotganligini, turli yönalişlarda diversifikatsiya qilişga tayyorligini bildirdi. Masalan, şuningdek, biz gaz-transport tizimida yoki öşa neft-gaz kompaniyalari qazib çiqarayotgan gazini hozirgi kundagi mavjud kompressor stansiyalar, siquv kompressor stansiyalaridagi gaz asosida işlovçi agregatlarni elektrga almaştiriş va elektr dvigatellar örnatiş böyiça ham yirik kelişuvlarga erişdik va bunga Amerikaning «Eximbank»i moliyalaştirişga juda katta qiziqiş bildiryapti.
Bundan taşqari, burğilaşda Schlumberger, Baker Hugsles kompaniyalarining yangi texnologiyalari, tajribalari, boşqaruv metodikasini qöllaş böyiça ham kelişuv imzoladik. Hamda Gulf kompaniyasi bilan birgalikda 100 million dollar atrofida Özbekiston böylab alohida yoqilği quyiş şoxobçalarini quriş böyiça ham Özbekneftgaz memorandum imzoladi”, deydi vazir.
Mirzamahmudovning qöşimça qilişiça, AQŞ kompaniyalari bilan jami loyihalar qiymati 3-4 mlrd dollarga borgan.
“Aniq raqamlarga keladigan bölsak, mana birgina kompressor stansiyalarning özidagi agregatlarni almaştiriş, bu ikki-uç yillik dastur, kamida 800 million dollarga baholanyapti. Va hozirgi kunda öşa Pan-Asia degan kompaniya bu işlarni muvofiqlaştiradi va uning ma’lumotiga köra, Eximbank tomonidan 852 million dollar uşbu yönalişga kredit liniyasini oçişga tayyorligi bildirildi. Bu faqatgina bitta yönaliş.
















