28 sentabr, yakşanba kuni Oregon ştati va uning aholisi eng köp bölgan Portlend şahri rasmiylari AQŞ hukumatiga qarşi da’vo arizasi bilan çiqdi. Da’vogarlarning ta’kidlaşiça, prezident Donald Tramp ma’muriyati tartibsizliklarga javoban Oregon ştati Milliy gvardiyasi qöşinlarini federal xizmatga jalb etişga buyruq berib, öz vakolatlaridan çiqib ketgan.
Bu harakat AQŞ konstitutsiyasi tamoyillarini buzadi, deya ma’lum qildi ştat va şaharni himoya qiluvçi advokatlar. «Javobgarlarning provokatsion va özboşimçalik harakatlari jamoat xavfsizligini ta’minlaşdan uzoqda, jamoatçilik noroziligini qözğatiş orqali unga putur yetkaziş bilan tahdid qiladi», deyiladi da’vo arizasida.
Hujjatda prezident, mudofaa vaziri Piter Hegset, içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem va tegişli vazirliklar javobgar sifatida körsatilgan. Avvalroq şu kunning boşida mudofaa vaziri 200 nafar Oregon Milliy gvardiyasi askari «darhol 60 kunlik muddatga federal burçga çaqirilişi» aytilgan memorandumni e’lon qildi.












