Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YouTube servislariga sun’iy intellekt joriy etildi
Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, bu vositalar tajribali va yangi mualliflarga kontentni yanada ta’sirchan tayyorlashga yordam beradi.
YouTube kompaniyasi YouTube Shors qisqa videolar servisi va YouTube Studio platformasiga sun’iy intellekt asosidagi vositalar qo‘shilganini e’lon qildi.
Yangi imkoniyatlar Google DeepMind’ning Veo 3 Fast modeliga asoslangan. U matnli so‘rov asosida ovozli videoroliklar, video uchun fonlar va obektlar yaratishi mumkin. Edit with AI funksiyasi dastlabki videomaterialni tahlil qiladi va avtomatik ravishda rolikning xomaki montajini tayyorlaydi.
Speech to Song vositasi esa oddiy nutqni musiqiy kompozitsiyaga aylantirib beradi.
Ayrim funksiyalar ochiq beta-sinovda bo‘lsa, ayrimlaridan hozirdayoq barcha foydalanishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, bu vositalar tajribali va yangi mualliflarga kontentni yanada ta’sirchan tayyorlashga yordam beradi.
Bundan tashqari, YouTube live-translatsiyalarni takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.
Mualliflarning dastlabki izohlarida videoni tezkorlik bilan tayyorlashda sun’iy intellektning foydali jihatlari ko‘pligi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
20:12 / 01.07.2026