O‘zbekiston | 10:47 / 30.09.2025
1496
2 daqiqa o‘qiladi

Daraxtzorlarning noqonuniy kesilishi kosmik monitoring orqali aniqlanadi

“Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xo‘jaligi quyi bo‘g‘inida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Farmonga ko‘ra, 2026 yildan har kalendar yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha kosmik texnologiyalar imkoniyatidan kelib chiqqan holda daraxtzorlarning noqonuniy kesilishini kosmik monitoring orqali aniqlash yo‘lga qo‘yiladi.

2026 yildan quyidagi loyihalar sinov tariqasida amalga oshiriladi:

🔸 energetika sohasida – Energetika vazirligi tomonidan agentlik bilan birgalikda agentlik imkoniyatlaridan foydalangan holda:

▪️ elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklarni barvaqt aniqlash maqsadida 2026 yil 1 avgustgacha Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari holati aerokosmik monitoringdan o‘tkaziladi; 
▪️ “yashil” energetikani rivojlantirish maqsadida 2026 yil 1 oktyabrgacha Surxondaryo viloyatida quyosh panellarini joylashtirish va yuqori samaradorlikka erishish imkoniyati mavjud bo‘lgan maydonlar aniqlanadi; 

🔸 transport sohasida – Transport vazirligi tomonidan temiryo‘llar holatini tezkor nazorat qilishga o‘tish maqsadida agentlik imkoniyatlaridan foydalangan holda 2026 yil 1 oktyabrgacha Toshkent–Angren yo‘nalishidagi temiryo‘lda aerokosmik monitoring amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid