Yangi brendning markazida “Think Big / Katta maqsadlar sari” platformasi turibdi. U nafaqat marketing shiori, balki bankning yangi falsafasi — mijozlarning ambitsiyalari va ularning orzulariga yetishishida hamroh bo‘lish tamoyilini ifoda etadi.

“Biz uchun rebrending — bu shunchaki logotip yoki korporativ uslubni yangilash emas. Biz uchun bu — yangi maqsadlar, yangi intilishlar. Bu — zamon bilan hamnafas ekanimizning, yanada katta, yanada dadil va yuqori marralarga intilayotganimizning manifesti.

Yangi uslubiy o‘zgarishlarimiz bizga mijozlarimizga yanada yaqinroq bo‘lish imkonini beradi. Chunki biz bilamiz: bugungi kundagi real vaziyatlarda, mijozlarimiz — ishbilarmonlar bo‘ladimi yoki jismoniy shaxslar — ularga yaqinda turgan, qo‘rqmay va ikkilanmay murojaat qilish mumkin bo‘lgan bank kerak. Shunchaki bank emas — haqiqiy hamkor. Biz uchun bu rebrending — ana shu manifestning o‘zi. Katta maqsadlar yo‘lida! Shunday odamlar uchunki, ular ambitsiyaga ega, xoh u biznesda bo‘lsin, xoh shaxsiy haëtda — ular ishonch bilan bilishsinki, biz ularning yonidamiz. Barcha tashabbuslarida ularni qo‘llab-quvvatlaymiz, hamisha ochiq, halol va shaffof bo‘lamiz. Hech qanday qo‘rquvsiz. Moliya sektori ko‘pincha odamlarga noqulaylik tug‘diradigan, tushunish qiyin bo‘lgan sohalardan biri ekanini yaxshi tushunamiz. Biz esa aksincha — mijozlarga yaqinlashishni, soddalashishni xohlaymiz.

E’tiborimizni mahsulotlarga emas, mijozlarga qaratishni tanladik. Shundagina har bir mijoz haëtiga, uning odatlari va ehtiyojlariga mos keladigan yechimlarni taklif qilish mumkin bo‘ladi. Mijoz bizdan nimani kutsa — aynan shuni olsin”, deydi bankning marketing bo‘limi rahbari Nana Mardoyan.

Ipak Yuli Bank faoliyatini 1990 yilda O‘zbekiston mustaqillik ostonasida

















