Ipak Yuli Bank «Qahramonlar davri» ekologik harakati va Asian Book House nashriyoti bilan hamkorlikda ekologik almanaxni taqdim etdi. Almanaxni yaratishda O‘zbekistonning turli viloyatlaridan bo‘lgan bolalar ishtirok etdi.
Kitobga tabiat va atrof-muhitni asrash mavzusidagi hikoyalar, ertaklar, she’rlar va rasmlar kiritilgan. Almanaxga kiritilgan barcha ishlar bolalar tomonidan yaratilgan va ularning sayyoramiz kelajagi va uni asrash qanchalik muhimligi haqidagi fikrlarini aks ettiradi.

Ushbu loyiha «Ipak Yuli Bank»ning ESG tashabbuslarining bir qismi bo‘lib, ekologik ta’limni qo‘llab-quvvatlash, tabiiy resurslarga mas’uliyatli munosabat madaniyatini rivojlantirish hamda bolalar ijodini rag‘batlantirishga qaratilgan.
«Qahramonlar davri» ekologik harakati loyihaning ekologik va ta’lim yo‘nalishlarini amalga oshirishda yordam berishdi, Asian Book House nashriyoti esa almanax ustida ishlab, uni nashr etdi.

«Bugungi kunda atrof-muhit kelajagi haqida ko‘proq o‘ylaydigan va uni saqlashda ishtirok etishni xohlaydigan bolalar qatori kengaymoqda. Ushbu almanax ularning ovozini eshitish, g‘oyalari bilan tanishish va yangi avlod ekologiya mavzusiga qanday qarashini his qilish imkonini beradi», — deb ta’kidlashadi loyiha tashkilotchilari.
Almanax barqaror kelajak va ekologik tarbiya mavzusi atrofida biznes, jamoatchilik tashabbuslari va ijodiy hamjamiyatni birlashtirgan yorqin namunaga aylandi.

Kitob oilaviy o‘qish, maktab kutubxonalari hamda ekologiya va barqaror rivojlanish masalalariga qiziqqan barcha uchun tavsiya etiladi.
Loyiha haqida
Ekologik almanax «Ipak Yuli Bank», «Qahramonlar davri» ekologik harakati va Asian Book House nashriyoti hamkorligida yaratilgan. Kitob asosini tabiatni asrash va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish mavzusiga bag‘ishlangan bolalar asarlari va illyustratsiyalari tashkil etadi.

Loyiha haqida qo‘shimcha ma’lumot:













