2 oktyabrdan boşlab, Toşkent viloyatidagi ommaviy zaharlaniş yuz bergan barça maktabgaça ta’lim muassasalari öz faoliyatini odatiy iş rejimida davom ettiradi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, barça bolalar soğayib, ularning salomatligiga xavf yöqligi töliq tasdiqlangan, bolalar öz oilasiga qaytgan.
Ta’kidlanişiça, joylarda körsatilayotgan autsorsing xizmatlari sifati ustidan nazorat tizimi yanada kuçaytiriladi. Bu jarayonga ota-onalar, ekspertlar va jurnalistlardan iborat jamoatçilik komissiyasi ham jalb etilib, «ularning xulosalari jamoatçilikka muntazam yetkazib boriladi».
Avvalroq, 30 sentabr kuni, Toşkent viloyatidagi boğçalarda zaharlangan hamda şifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barçasi oilasiga qaytgani haqida Soğliqni saqlaş vazirligida taşkil etilgan maxsus ştab a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qilgan edi. Uning sözlariga köra, hozirgi vaqtda faqat uç nafar tarbiyalanuvçi şifokorlar nazorati ostida qolmoqda.
Voqealar rivoji
25 sentabr kuni Toşkent viloyatining Piskent va Böka tumanlarida bolalar boğçalari tarbiyalanuvçilari zaharlaniş alomatlari bilan şifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berildi.
26 sentabr kuni Nurmat Otabekov şifoxonalarga 1922 nafar bola zaharlanişdan şikoyat qilib murojaat qilganini aytdi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257−1-moddasi 1-qismi (Canitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Manbalarga köra, ommaviy zaharlanişi ortidan 7 nafar şaxs uşlangan. Ularning 3 nafari mahsulot işlab çiqaruvçi korxona, qolgani autsorsing kompaniyalari mansabdor şaxslari hisoblanadi.

















