Afğonistonda internet töliq tiklandi, deb xabar berdi Tolo News.
29 sentabr kuni dunyoda internet erkinligi monitoringi bilan şuğullanuvçi NetBlocks taşkiloti optik tolali internetni öçiriş bilan «Tolibon» mamlakatda «ma’naviyatni ta’minlaş çoralarini» amalga oşirişni boşlaganini ta’kidladi.
30 sentabr kuni Afğonistonda hukmronlik qilayotgan «Tolibon» harakati bu da’volarni rad qilib, mamlakatda internetning öçirilişi «optik tolali infratuzilmaning buzilişi» bilan boğliqligini ma’lum qildi.
Associated Press xabariga köra, bu mamlakatda internetning öçirilişi, bu esa bank, savdo va aviatsiyada uzilişlarga olib kelgani haqidagi birinçi ommaviy bayonotdir.
«Tolibon» vakili Zabihullo Mujohid sözlariga köra, hozir optik tolali tarmoqlar almaştirilmoqda. «Tolibon» butun mamlakat böylab internetga kirişni taqiqlagani haqidagi ma’lumotni harakat vakili «miş-mişlar» deb atadi.












