O‘zbekiston | 14:30 / 02.10.2025
2685
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada konsulxona aralashuvi bilan o‘zbekistonlik fuqaroning ish haqi undirib berildi

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari tomonidan Rossiyaning Irkutsk shahridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA

Qabul davomida fuqarolarga pasportlar va vatanga qaytish sertifikatlari topshirildi, shuningdek, yo‘qolgan va muddati o‘tgan pasportlarni almashtirish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.

Jumladan, Irkutskda vaqtincha ishlayotgan fuqaro mahalliy ish beruvchi korxona ish haqini o‘z vaqtida to‘lab bermayotgani to‘g‘risida murojaat qildi. Holat atroflicha o‘rganilib, Bosh konsulxona aralashuvi bilan mahalliy huquqni himoya qiluvchi organlar yordamida, uning ish haqi undirib berildi.

Vatandoshlar bilan kechgan muloqotda mezbon mamlakat qonunlariga rioya qilish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, qonuniy huquq va manfaatlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid