Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yigit qizni kuch bilan mashinaga o‘tqazib, olib ketmoqchi bo‘ldi
Tarmoqlarda tarqalgan videoda yigit ko‘chada qizni mashinasiga majburlab o‘tqazmoqchi bo‘lgani aks etgan. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Hamidullo Sagdullayevning Kun.uz’ga bildirishicha, holat 1 oktyabr kuni shaharning Go‘ri Amir mahallasi hududida yuz bergan.
Ta’kidlanishicha, 2002 yilda tug‘ilgan yigit o‘ziga tanish bo‘lgan qiz bilan sayr qilib yurgan vaqtida ular o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan. Yigit kelishmovchilikni hal qilish maqsadida qizni mashinaga taklif qilgan, biroq u rozi bo‘lmagach uni mashinaga majburlab o‘tqazishga uringan.
Tergovga qadar tekshiruvlar davomida qiz yigitga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026