Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrdan boshlab avtomobilga gazballon o‘rnatilganidan keyin texpasport almashtirilmaydi
Prezident qaroriga binoan, 2025 yil 1 noyabrdan boshlab avtomobilga gazballoni o‘rnatilgani haqidagi ma’lumot elektron shaklga o‘tkaziladi va shu sanadan boshlab texpasportni qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.
1 noyabrdan boshlab avtomobilga gazballoni o‘rnatilganda texpasportni almashtirish shart bo‘lmaydi. Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bu – 16 sentabr kuni imzolangan prezident qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan e’tiboran transport vositasiga gazballoni o‘rnatilganiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta gaz quyish shoxobchalarida UGaz tizimi ishga tushirilgani xabar qilingandi. Bu tizim avtomobil gaz quyish shoxobchasiga kirganda uning texnik ko‘rikdan o‘tganini avtomatik tarzda tekshiradi va agar texnik ko‘rik muddati tugagan bo‘lsa, operatorga xabar beriladi.
Shuningdek, agar yoqilg‘i turi mos kelmasa yoki ballon ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, tizim bu haqda ham operatorni shu joyning o‘zida ogohlantiradi.
Bundan tashqari, shu yil avgust oyida avtomobilga gazballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani olish osonlashgani ma’lum qilingan. Endi faqatgina my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish kifoya: qolgan ishlarni YHXX xodimlari amalga oshiradi. Ariza 10 kun ichida ko‘rib chiqilib, natijasi shaxsiy kabinetga yuboriladi. Xizmat narxi – 0,3 BHM (123 600 so‘m).
Mavzuga oid
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
17:27 / 30.05.2026