Ijtimoiy tarmoqlarda nogironligi bo‘lgan bola kaltaklangani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Toshkent shahrida joylashgan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan maxsus kasb-hunar texnikumida sodir bo‘lgan va agentlik nazoratiga olinib, tuman prokuraturasi hamda IIB tomonidan o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, voqea ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli yuz bergan va jabrlanuvchiga xonadosh bo‘lgan kursdoshi tan jarohati yetkazgan.

“Hozirgi vaqtda jabrlangan bolaga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu bo‘yicha alohida ish ochilgan hamda vaziyat doimiy kuzatuvda.

Shu bilan birga, nazoratni ta’minlamagan va bunday holatga yo‘l qo‘ygan muassasa rahbariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi rasmiy munosabatda.