Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Sumi oblastidagi vokzalga zarba berdi
Bir kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralangan.
Foto: State Emergency Service of Ukraine
RF qurolli kuchlari 4 oktyabr kuni Sumi oblastining Shostka shahrida joylashgan temiryo‘l vokzaliga hujum uyushtirdi, deb xabar berdi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov.
Ukraina bosh prokurori idorasi xabariga ko‘ra, Rossiya dronlari vokzalga mahalliy vaqt bilan soat 11:50 atrofida uchib kelgan. Birinchi dron Tereshchinskaya — Novgorod-Severskiy yo‘nalishida qatnovchi poyezd lokomotiviga urilgan, deb xabar berdi Jamoa va hududlar vaziri Oleksiy Kuleba. Vokzalda evakuatsiya boshlanganida esa, Rossiya harbiylari stansiyada turgan Kiyev — Shostka poyezdiga zarba yo‘llagan.
Guvohlar zarba berilgan vaqtdagi holat aks etgan videolarni tarqatishgan.
Ukraina Favqulodda holatlar bo‘yicha davlat xizmati hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lganini xabar qilgan. 71 yoshli erkak jasadi poyezdlardan birining vagoni ichidan topilgan.
Shostka ma’muriyati rahbari Oksana Tarasyuk «Suspilne» nashriga ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar va temiryo‘l ishchilari bo‘lgan 30 ga yaqin kishi yaralangan. Jabrlanganlar orasida uch nnafar bola ham bor, deyiladi «Ukrzalіznitsya» temiryo‘l tashuvchisi matbuot xizmati xabarida. Ukraina bosh prokurori idorasi sakkiz kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy vokzal bo‘ylab zarbani izohlarkan, Rossiya «dunyoning e’tiborsiz qoldirishga haqqi bo‘lmagan terrorni amalga oshirayotgani» haqida gapirgan:
Rossiyaning Sumi oblastidagi Shostka temiryo‘l vokzaliga dronlar bilan bergan shafqatsiz zarbasi. Barcha kerakli xizmatlar allaqachon joyida bo‘lib, odamlarga yordam berishni boshladi. Jabrlanganlar haqidagi barcha ma’lumotlar aniqlanmoqda. Hozirda o‘nlab odamlar jabrlangani ma’lum. Zarba joyida «Ukrzalіznitsya» xodimlari va yo‘lovchilar bo‘lgan.
Rossiyaliklar tinch fuqarolarga zarba berayotganini bilmasligi mumkin emasdi. Va bu dunyo e’tiborsiz qoldirishga haqli bo‘lmagan terrordir. Rossiya har kuni odamlar hayotiga zomin bo‘lmoqda. Faqat kuchgina ularni buni to‘xtatishga majbur qila oladi. Biz Yevropa va Amerikadan qat’iy bayonotlar eshitdik va allaqachon ularning barchasini amalga oshirish vaqti keldi. Qotillik va terrorni normal holat deb hisoblamaydiganlar bilan birgalikda. Quruq gaplar yetarli emas. Kuchli harakatlar kerak.
RF qurolli kuchlari shu Sumi oblastining muhim infratuzilmalariga ham zarba bergan, natijada Shostka to‘liq elektr ta’minotidan uzilgan, bundan tashqari Shostka rayoni hududining ham bir qismi elektrsiz qolgan. Shostkada elektr, gaz va ichimlik suv uzatishda uzilishlar yuzaga keldi, deb xabar berdi shahar rahbari Mikola Noga.
Ukraina huquq-tartibot organlari Urush urf-odatlari va qonunlarini buzish moddasi bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
Mavzuga oid
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
23:21 / 04.12.2025
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
21:45 / 04.12.2025