Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasi yiğilişida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.
Yiğilişda ta’kidlanganidek, qonun loyihasining asosiy maqsadi hukumat a’zolari va mahalliy ijro hokimiyati rahbarlarining korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi mas’uliyati va hisobdorligini oşiriş, ular tomonidan bu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini kuçaytirişdan iborat.
Qonun loyihasiga muvofiq, hokim lavozimiga nomzod tegişli xalq deputatlari Kengaşida nomzodi körib çiqilayotganda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi bilan bir qatorda, hududda korrupsiyaning oldini oliş böyiça harakatlar rejasini ham taqdim etişi lozim böladi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar Qonunçilik palatasida nomzodi körib çiqilayotganda va ma’qullanayotganda öz faoliyat dasturi bilan birga tizimda korrupsiyaning oldini oliş böyiça çora-tadbirlar rejasini ham taqdim etişi belgilanmoqda.
Yiğilişda qonun loyihasining qabul qilinişi rahbar lavozimlarga tavsiya etilayotgan şaxslarning davlat xizmatini oçiqlik va hisobdorlik tamoyillari asosida amalga oşirişga bölgan mas’uliyatini yanada oşirişga xizmat qilişi alohida qayd etildi. Muhokamalardan söng qonun loyihasi qöllab-quvvatlandi.













