Xitoy vakillari AQŞ bilan savdo muzokaralarida Amerika iqtisodiyotiga ulkan miqdorda, ammo ma’lum şartlar asosida sarmoya kiritişni taklif qildi. Ulardan biri - sönggi ön yillikda milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan kiritilgan Xitoy kompaniyalari faoliyatiga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaş.

Sentyabr oyida Madridda bölib ötgan delegatsiyalar uçraşuvida TikTok ijtimoiy tarmoğining AQŞda işlaşini davom ettiriş böyiça kelişuvga erişilgan edi. AQŞ savdo vakili Jyeymison Grir sözlariga köra, tomonlar «Xitoy kompaniyalari uçun Qöşma Ştatlardagi sarmoyaviy muhitni» ham muhokama qilgan.

Xitoy savdo vakili Li Çengan sözlariga köra, AQŞ «investitsiyalar uçun tösiqlarni kamaytiriş va savdo-iqtisodiy jabhada tegişli hamkorlikni ilgari suriş haqida gap ketganda, Xitoy bilan birgalikda bir maqsad sari harakat qilişga tayyorligini» bildirgan.

Bir neça kundan keyin Xitoy raisi Si Jinping prezident Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda «Xitoy kompaniyalari Amerikaga sarmoya kiritişi» uçun tegişli şaroitlar yaratiş zarurligini ta’kidlagan. Bu şartlar orasida Xitoy kompaniyalarining AQŞda amalga oşirişi mumkin bölgan bitimlarga nisbatan milliy xavfsizlik sohasidagi çeklovlarni bekor qiliş ham bor, dedi Bloomberg agentligiga uşbu takliflar bilan taniş bölgan odamlar.

Ularning sözlariga köra, bunday qadamni joriy yil boşida Xitoy vakillari 1 trillion dollarga baholagan keng kölamli investitsiyalar paketiga kiritiş taklif qilinmoqda. Hozir gap qanday summalar haqida ketayotgani noma’lum. Ammo Pekin, şuningdek, AQŞda qurilgan Xitoy zavodlari öz ehtiyojlari uçun olib kiradigan mahsulotlar importiga bojlarni kamaytirişni talab qilmoqda.

AQŞ bir neça yildan beri Xitoyning iqtisodiy rivojlanişini turli yönalişlarda çeklaşga harakat qilmoqda, buning uçun xavfsizlik sohasidagi vositalardan foydalanmoqda. Masalan, ötgan ön yillikda Vaşington AQŞda Huawei telekommunikatsiya kompaniyasi mahsulotlaridan har qanday foydalanişni taqiqladi va unga qarşi sanksiyalar kiritdi, şuningdek, boşqa mamlakatlarni embargoga qöşilişga işontirdi. Xitoyliklar uçun AQŞda aktivlarni qöşib oliş va sotib oliş böyiça çeklovlar mavjud. Taşqi yönalişda Vaşington Xitoyga yuqori texnologiyali çiplar, jumladan, sun’iy intellekt uçun çiplar sotişni çekladi.

Xitoy «Amerika bilan kelişuvlarda muntazam ravişda aldaydi», dedi Vakillar palatasining Xitoy böyiça maxsus qömitasi raisi, respublikaçi Jon Mulenaar. U investitsiyalar böyiça çeklovlarni yumşatişdan qaytardi: