Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya «Dojd» bosh muharriri va jurnalistlarini «terrorchilar» deb e’lon qildi
Rosfinmonitoring o‘zining «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga «Dojd» bosh muharriri Tixon Dzyadkoni, shuningdek, axborot bo‘limi rahbari Yekaterina Kotrikadze va boshlovchi Valeriya Ratnikovani qo‘shdi.
7 oktyabr, seshanba kuni Rosfinmonitoring «Dojd» telekanali bosh muharriri Tixon Dzyadko, shuningdek, uning axborot bo‘limi boshlig‘i Yekaterina Kotrikadze va boshlovchi Valeriya Ratnikovani «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritdi.
«Terrorchilar» ro‘yxatiga qo‘shilish, boshqa narsalar qatori, ularning barcha Rossiya banklaridagi hisoblarini muzlatish va oylik xarajatlarini 10 000 rublgacha cheklashni anglatadi. «Interfaks»ning qayd etishicha, uchala jurnalist ham ro‘yxatda yulduzchasiz ko‘rsatilgan, u odatda «terrorchilik moddasi» bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganini bildiradi.
Bir kun avval Tixon Dzyadko sirtdan hibsga olingani xabar qilingan edi. Moskvaning Golovinskiy sudi tergovchilarning iltimosiga binoan uni ikki oyga sirtdan hibsga olishga qaror qildi. U «chet el agenti» sifatidagi majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda va Rossiya Qurolli kuchlari haqida «feyk xabarlar» tarqatganlikda ayblanmoqda. Jurnalist qidiruvga berilgan.
Iyul oyida Rossiya Tergov qo‘mitasi «chet el agentlari» reyestriga kiritilgan Yekaterina Kotrikadze, Valeriya Ratnikova va Tixon Dzyadkoga nisbatan jinoiy ish ochgan edi. «Dojd» jurnalistlari Ukrainaga qarshi urushni davom ettirayotgan Rossiya armiyasi haqidagi «feyklarda» va «chet el agenti» sifatidagi majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda» ayblangan. Ish xabar messenjerlardan biridagi post tufayli ochilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026