Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada teleboshlovchi Tatyana Lazarevaga sirtdan chiqarilgan hukm uzaytirildi
Moskvaning Presnenskiy sudi Tatyana Lazarevani «chet el agenti» sifatidagi majburiyatlarini bajarmaganlikda aybladi. Uning umumiy jazo muddati avvalgi hukm bilan qo‘shib, yetti yilgacha oshirildi.
Rossiyada mamlakatni tark etgan teleboshlovchi Tatyana Lazarevaga nisbatan yana bir sirtdan hukm chiqarildi. 7 oktyabr, seshanba kuni Moskvaning Presnenskiy sudi uni «chet el agentligi» bo‘yicha sirtdan chiqarilgan hukmga qo‘shimcha ravishda bir yil-u to‘qqiz oyga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi, deb yozadi "Mediazona" internet nashri.
Bundan tashqari, uning umumiy jazo muddati «terrorizmni oqlaganlik» uchun oldingi sudlanganlik bilan birgalikda olti oyga oshirilib, yetti yilga yetdi. Shuningdek, Lazarevaga to‘rt yil davomida veb-saytlarni boshqarish taqiqlangan. Uning advokati Leonid Solovyov teleboshlovchiga qo‘yilgan ayblovlarni sudda «siyosiy motivga ega» deb atadi, chunki uning harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘q.
2024 yil noyabr oyi oxirida Rossiya Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi Tatyana Lazarevani «terrorizmni oqlash»da aybdor deb topib, uni sirtdan olti yarim yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Ushbu ayblov bo‘yicha jinoiy ish 2024 yil may oyida ochilgan va bir oy o‘tgach, Lazareva xalqaro qidiruvga berilgan.
Teleboshlovchi Ukrainaning uchuvchisiz uchoqlarining Rossiyadagi nishonlarga zarbalari haqidagi so‘zlari tufayli «terrorizmni oqlash»da ayblangan. «Bu dahshatli, lekin men xursandman», dedi Tatyana Lazareva 2023 yil avgust oyida «I gryanul Grem» YouTube-kanaliga bergan intervyusida. 2024 yil iyun oyida Rosfinmonitoring uni «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga qo‘shdi.
Ispaniyada yashovchi Tatyana Lazareva bir necha bor Rossiya hukumatini tanqid qilgan va Moskvaning Ukrainadagi keng ko‘lamli urushiga ochiqchasiga qarshi chiqqan. 2011 yil dekabr oyida u Bolotnaya maydonidagi mitingda nutq so‘zladi. 2014 yilda boshlovchi Rossiyaning Ukrainaning Qrim yarimorolini qo‘shib olishiga qarshi chiqdi.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026