“Ölik suv” nima?

Olimlar “ölik suv” atamasini metaforik ma’noda işlatadi. Qayta-qayta qaynagan suvda kislorod va karbonat gazlari kamayadi, suv molekulalarining energetik tuzilmasi buziladi. Natijada u çanqoqni töliq bosmaydi, hujayralarga kislorod yetkazişni sekinlaştiradi, organizmda oksidlovçi stressni kuçaytiradi. Bunday suv içilganda tanada biroz oğirlik, holsizlik, “böğiq” ta’m sezilişi bejiz emas, mazkur holat uning “tirik energiyasi” yöqolganidan dalolat beradi va şuning uçun u "ölik suv" deb ataladi.

Oğir metallarning yaşirin ta’siri

Suvni bir marta qaynatiş — mikroblar va zararli bakteriyalarni yöqotiş uçun yetarli. Ammo uni qayta-qayta isitiş natijasida tarkibidagi mineral moddalarning tabiiy muvozanati buziladi. Aksariyat vodoprovod yoki quduq suvlari sanoat çiqindilari, metall quvurlar orqali oqib keladi. Ularga oz miqdorda bölsa ham qörğoşin, mis, mişyak aralaşadi. Qayta qaynatiş bu moddalarning parçalanişiga emas, töplanişiga sabab böladi.

Isitiş jarayonida içimlik suvining bir qismi buğlanadi, ammo undagi nitratlar, ftor, xlor, oğir metall ionlari (qörğoşin, mis, mişyak) saqlanib qoladi. Takror qaynatilganda mazkur moddalar konsentratsiyalanadi, ya’ni miqdori ortib boradi. Ayniqsa, nitratlar yuqori haroratda nitrit yoki nitrozamin moddalarga aylanadi, bu esa kanserogen, ya’ni saraton keltirib çiqaruvçi birikma. Soğlom hayot tarzini tanlagan inson uçun bu jiddiy xavfdir.

Ohakli çökma – ikki barobar xavf

Suv tarkibida kalsiy va magniy köp bölsa, u “qattiq suv” deb ataladi. Bunday suvni qaynatganda undagi tuzlar parçalanadi va ohakli çökma hosil böladi. Biz çoynak yoki qozon devorida köradigan oq qoplama aynan şu çökmadir.

Mazkur çökmaning bir qismi çoynak devoriga yopişadi, lekin ma’lum miqdori suvning özida qoladi. Ana şu qolgan moddalar içimlik bilan birga tanaga kiradi. Bunday suvni tez-tez içiş vaqt ötib, buyraklarda kalsiy töplanişi va toş hosil böliş xavfiga olib keladi. Bundan taşqari, siydik yöllarida oğriq yoki boşqa noxuş holatlar paydo bölişi ham mumkin. Buyrak yoki siydik yöli bilan boğliq muammosi bor insonlar qattiq suvni içişdan saqlanişi kerak. Oddiyroq aytganda, çoynakda ohak tez paydo bölayotgan bölsa, bu suv qattiqligini bildiradi; uni filtrdan ötkaziş yoki yumşoqroq suv içiş foydaliroq.

Qattiq suv faqat soğliqqa emas, balki maişiy texnikalarga ham zarar yetkazadi. Çoynak, dazmol yoki suv ilitiş idişida hosil böladigan ohak issiqlik ötişini qiyinlaştiradi, energiya sarfini oşiradi va qurilmalarning işlaş muddatini qisqartiradi. Şu sababli suvni qaynatişda ham me’yorni biliş kerak. Bir marta qaynatilgan toza suv içiş uçun xavfsiz, ammo takror qaynatilgan qattiq suv organizm va maişiy jihozlar uçun zararli bölişi mumkin.