AQŞ prezidenti Donald Tramp Ğazo sektorida uruş tugaganini e’lon qildi. Uning sözlariga köra, endi navbatda Ukraina turibdi.

«Yodingizda bölsa, biz yettita mojaroni hal qildik. Bu sakkizinçi. Hammadan ham Rossiya-Ukraina osonroq böladi deb öylagandim. Öylaymanki, bu ham sodir böladi», dedi Tramp jurnalistlarga Amerika hukumati yiğilişida.

Oq uy rahbari sözlariga köra, şu hafta oxirida Misrga yetib boradi va Ğazo sektorida tinçlik örnatiş böyiça töliqroq kelişuv imzolanadi. Şuningdek, u ikki yil oldin HAMAS tomonidan garovga olingan barça isroilliklarni duşanba-seşanba kunlari ozod qiliş kerakligini qöşimça qildi.

AQŞ prezidenti Ğazo töliq qayta qurilişini e’lon qildi.

«Bu mintaqada ba’zi mamlakatlar ulkan boyliklarga ega... Ular qiladigan iş Ğazo uçun möjiza böladi», dedi Tramp.

8 oktyabr kuni Tramp Isroil va HAMAS Ğazo böyiça tinçlik rejasining birinçi bosqiçini imzolaganini ma’lum qilgan. Bu kelişuv deyarli darhol barça garovga olinganlarni ozod qilişni va Isroil qöşinlarini kelişilgan çiziqqa olib çiqişni nazarda tutadi.

9 oktyabr kuni Reuters naşri Isroil va HAMAS öt oçişni töxtatiş töğrisidagi bitimni imzolaganini e’lon qildi. Muzokaralar Şarm aş-Şayx kurort şahrida Misr, Qatar va AQŞ vositaçiligida bölib ötgan. Kelişuv zudlik bilan öt oçişni töxtatiş, HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qiliş va Isroil qöşinlarini Ğazo sektoridan qisman olib çiqişni nazarda tutadi.