A guruhi

Kimmih Bekkenbauer bilan tenglashib oldi

Germaniya – Lyuksemburg 4:0
Gollar: Raum, 12 (1:0). Kimmih, 21 – penalti (2:0). Gnabri, 48 (3:0). Kimmih, 51 (4:0)
Germaniya: Baumann, Ta, Shlotterbek (Anton, 46), Raum (Braun, 82), Kimmih, Pavlovich, Goretska, Virs, Adeyyemi (Baku, 61), Gnabri (Bayyer, 68), Voltemade (Burkardt, 61)
Lyuksemburg: Mori, Korats, Maxmutovich, Karlson, Yans, Martins (S. Till, 77), Olesen (Dzogovich, 87), Barreyru, Bonert (Veyga, 46), Moreyra (O. Till, 67), Dardari (Selimovich, 67)
Ogohlantirish: Martins, 60
Chetlatish: Karlson, 20

Bu o‘yindagi intriga atigi 12 daqiqa saqlanib turdi. Avvaliga arbitr Voltemadening golini hujum davomida to‘pga qo‘l bilan o‘ynalgani uchun bekor qilgandi, ammo ko‘p o‘tmay David Raum jarima zarbasidan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi. Yetti daqiqa o‘tib Lyuksemburg o‘n kishi bo‘lib qoldi, Yozua Kimmih esa penaltini aniq ijro etdi. Tanaffusdan keyin mezbonlar kamtar raqibni uzil-kesil tor-mor etishdi. Serj Gnabri va Kimmih uch daqiqa oralig‘ida ikki gol urishdi. Shu kuni dubl qayd etgan bavariyalik futbolchi milliy jamoa safidagi o‘yinlari soni bo‘yicha afsonaviy Frans Bekkenbauer bilan tenglashib oldi (104). Saralash bosqichini mag‘lubiyat bilan boshlagan Germaniya esa allaqachon birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shimoliy Irlandiya – Slovakiya 2:0
Gollar: Groshovski, 18 – avtogol (1:0). Hyum, 81 (2:0)
Shimoliy Irlandiya: Pikok-Farrell, Makneyr, Hyum, Ballard, Gelbreyt (Spenser, 85), Makkann, Sh. Charlz, Devenni, Bredli (Magennis, 90+2), Prays, Rid (D. Charlz, 71)
Slovakiya: Dubravka, Shatka, Shkrinyar, Obert, Dember, Groshovski (Benesh, 89), Duda (Garaslin, 63), Bero, Sauer (Tupta, 82), Shrans (Rigo, 63), Strelets (Mraz, 89)
Ogohlantirishlar: Ballard, 60. Bredli, 76

Birinchi turda Germaniyani mag‘lub etgan Slovakiya esa nisbatan kuchsiz raqiblarga qarshi ishonchsiz harakat qilmoqda. Sentyabrdagi ikkinchi o‘yinda Franchesko Kalsona shogirdlari Lyuksemburg bilan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida qiyinchilik bilan g‘alabani qo‘lga kiritgandi (1:0), endi esa Belfastda katta muammoga duch keldi. Shimoliy Irlandiya birinchi bo‘limda birgina gol bilan cheklangani mehmonlarning omadi kelgandi. Masalan, Rid bir necha metr masofadan turib to‘g‘ri zarba bera olmadi.