Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo xalqaro kuni joriy etilishi mumkin
Qozog‘istonda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi boshqaruvi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 26 mart sanasini Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo xalqaro kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif ma’lumot uchun qabul qilindi.
Ostona shahrida Qozog‘iston raisligida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi boshqaruvining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Qanat Bozumbayev boshchilik qildi. Yig‘ilishda Qozog‘iston suv xo‘jaligi va melioratsiya vaziri Nurjan Nurjigitov, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev, Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Sulaymon Ziyozoda va Turkmaniston qishloq xo‘jaligi vaziri Choryor Chetiyev ishtirok etdi. Unda Qirg‘iziston Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi Suv resurslari xizmati direktori o‘rinbosari Abdibay Jaylooboyev kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Tomonlar 2026 yil aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va 2024-2026 yillarda Qozog‘iston raisligi davrida Ijro qo‘mitasining ish rejasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.
Ishtirokchilar Orol dengizi havzasi mamlakatlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Harakatlar dasturi va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi uchun atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mintaqaviy dasturning amalga oshirilishini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, jamg‘armaning tashkiliy tuzilmasi va huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha Ishchi guruh faoliyati muhokama qilindi.
Orol dengizi havzasida 42 ta ekologik loyiha amalga oshirilmoqda. Jahon banki ko‘magida ikkita mintaqaviy grant loyihasini ishga tushirish imkoniyati o‘rganilmoqda. Ishtirokchilar Ijro qo‘mitasining 26 mart sanasini Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo xalqaro kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifini ma’lumot uchun qabul qildilar.
Uchrashuv yakunida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi boshqaruvi qarorlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
09:36
Vengriyaning “smart qishloq” tajribasi Sirdaryoda sinab ko‘riladi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
13:51 / 04.12.2025
Shavkat Mirziyoyev bioaksal polipropilen plyonka ishlab chiqaradigan yagona korxona faoliyati bilan tanishdi
12:16 / 04.12.2025