Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoy tovarlariga 100 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Xitoydan import qilinadigan barcha mahsulotlarga qo‘shimcha bojlar 1 noyabrdan kuchga kiradi. Bunga Xitoyning savdodagi «o‘ta agressiv pozitsiyasi» sabab bo‘ldi, dedi AQSh prezidenti.
Foto: Mark Ralston/AFP
AQSh hukumati Xitoydan import qilinadigan barcha mahsulotlarga 1 noyabrdan amaldagi bojlardan tashqari 100 foizlik bojlar joriy qiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning 10 oktyabr, juma kuni Truth Social platformasida chop etilgan bayonotida ma’lum qildi. Bundan tashqari, barcha muhim dasturiy ta’minot eksportiga cheklovlar joriy etiladi, deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Oq uy rahbari qo‘shimcha tariflar joriy etish sababi sifatida Xitoyning «o‘ta agressiv savdo pozitsiyasi»ni keltirdi. Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati boshqa mamlakatlarni Xitoyda ishlab chiqarilgan deyarli barcha mahsulotlarga eksport cheklovlari joriy etishi haqida ogohlantirgan, 1 noyabrdan boshlab «Bu har bir davlatga istisnosiz ta’sir qiladi. Bu xalqaro savdoda umuman uchramagan holat», — deb yozgan AQSh prezidenti.
Xitoy hali Trampning bayonotiga izoh bermadi.
Avvalroq Amerika prezidenti oktyabr oyi oxirida Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashuvini shubha ostiga qo‘ygandi. Tramp 9 oktyabr kuni Xitoyning nodir metallar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirishiga javob berdi. Xitoy turli yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlari uchun muhim bo‘lgan nodir metallarning dunyodagi asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo qarama-qarshiligi bu yil keskinlashdi. Mamlakatlar bir necha bor bir biriga bojlar joriy qilgan. Biroq avgust oyida dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti savdo mojarosida 90 kunlik tanaffusga kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38