Yaponiyaning öng markazçi "Komeyto" partiyasi 10 oktyabr, juma kuni hukmron koalitsiyani tark etdi. Bu konservativ siyosatçi, 64 yoşli Sanae Takaiçi ikkinçi birlaşuv partiyasi – mamlakatning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) rahbarligini öz qöliga olganidan bir hafta ötib sodir böldi.
Yaponiyaning Kyodo axborot agentligiga köra, koalitsiya 1999 yildan beri mavjud. Takaiçi "Komeyto"ning qarorini «juda afsusli» deb atadi, çunki tomonlar «ötgan 26 yil davomida, hatto ular hokimiyatda bölmaganida ham birga işlagan».
Tomonlar bir hafta davomida muzokaralar olib bordi va asosiy e’tiborni uçta masalaga qaratdi: mamlakat tarixiga qaraş, "Komeyto"ning xorijliklarga nisbatan ehtimoliy izolyatsionistik siyosatidan xavotirlar va siyosiy moliyalaştirişni isloh qiliş. Uşbu sönggi nuqta bilan boğliq mojaro 2023 yil oxirida, ba’zi LDP fraksiyalari partiya xayriyalarini noqonuniy özlaştirgani ma’lum bölganida boşlandi.
LDP rahbari bölgan Takaiçi 2023 yil dekabrida xayriya pullari mojarosi tufayli Siyosatni örganiş kengaşi raisi lavozimidan ketişga majbur bölgan nufuzli siyosatçi Koiçi Hagiuduni asosiy partiya lavozimiga tayinlaganidan keyin mojaro yana avj oldi.
Aynan moliyalaştiriş masalasida LDP va "Komeyto" hozir kelişuvga erişa olmadi. Hukmron partiya nafaqat moliyalaştiriş qoidalarini qayta körib çiqişdan boş tortdi, balki korrupsiya mojarosi böyiça aniq izoh bera olmadi, dedi "Komeyto" raisi Tetsuo Sayto.

















