Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish soliq tushumlarini 30 foizgacha oshirdi
Hududlardagi soliq tushumlari uchinchi chorakda 30 foizga, yil boshidan buyon 27 foizga o‘sdi. Respublika miqyosida esa soliq tushumlaridagi yillik o‘sish 18 foizni tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hisobiga soliq tushumlari oshmoqda, deya xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, raqamlashtirish, elektron hisobvaraq faktura, onlayn nazorat kassa mashinasi, raqamli markirovka, mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlari, elektron yuk xati va keshbeklar joriy etilishi yashirin iqtisodiyot ulushini sohalarga qarab 10−20 foizgacha «soya»dan chiqargan.
Korxonalarning rasmiy tovar aylanmasi joriy yilda 42 foizga o‘sib, 737 trln so‘mni tashkil etgan. 26,8 ming kompaniyaning aylanmasi ikki barobarga ko‘payib, 189 trln so‘mga yetgan. Shu bilan birga, ilgari aylanmaga ega bo‘lmagan 24,3 ming korxona 93,4 trln so‘mlik operatsiyalarni amalga oshirgan.
2025 yilning 9 oyida davlat budjetiga 158,7 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlangan — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 trln so‘mga (18 foiz) ko‘p. Uchinchi chorakda hududlardagi soliq tushumlari 30 foizga, yil boshidan buyon esa 27 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida Navoiy viloyatida soliq to‘lovlari 86 foizga, Farg‘ona viloyatida 39 foizga, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida esa qariyb uchdan bir qismga ko‘paygan.
Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar 1,5 barobarga, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha esa 28 foizga oshgan. Umumiy ovqatlanish sohasida QQS 44 foizga o‘sgan — bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridini elektron amalga oshirish va QQSni keshbek sifatida qaytarish instituti joriy etilishi bilan izohlanmoqda.
Yil boshidan o‘tgan yili umuman ishchi ko‘rsatmagan 17,8 mingta korxona 96,1 mingta ishchisini hisobotida aks ettirgan. Shuningdek, 14,5 mingta korxonada ishchilari soni 2 va undan ortiq ko‘payib, 255 mingtani tashkil etgan.
Mavzuga oid
14:33 / 24.11.2025
“10 oyda 15,5 trln so‘mlik utilizatsiya yig‘imi to‘lanmagan” – Otabek Bakirov
13:17 / 22.11.2025
Dollar kursi tushgani hisobiga tashqi qarzlardan tejalgan mablag‘ning bir qismi ekologiyaga ajratildi
19:34 / 15.11.2025
«O‘zbekneftgaz» to‘lagan soliqlar 16 foizga, «UzAuto Motors»niki qariyb 43 foizga qisqardi
19:23 / 03.11.2025