Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona namunadagi elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi
"Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, o‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga o‘quv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma shakllantiriladi.
Yagona namunadagi elektron guvohnomalar o‘quv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ma’lumotlari asosida DYHXX yagona axborot tizimining e-avtota’lim.uz moduli orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga e-avtota’lim.uz moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Yagona namunadagi elektron guvohnomalar uchun yig‘im undirilmaydi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.03.2026
Top-300 xorijiy universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar qo‘llab-quvvatlanadi
09:31 / 03.03.2026
Havo monitoringi va tozalash uskunalari o‘rnatgan korxonalar rag‘batlantiriladi
13:35 / 29.01.2026
Ayrim talabalarning turar joyda yashash xarajatlari qoplab beriladi
10:41 / 12.01.2026