Aleksandr Stubb 31 oktyabr, juma kuni prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşadi. Rahbarlar muzokaralarining asosiy mavzulari Finlandiya va Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, şuningdek, geosiyosiy masalalar böladi.

Taşrif dasturidan biznes anjuman, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza, taşqi siyosat böyiça ekspertlar bilan uçraşuv ham örin olgan.

Finlandiya rahbari delegatsiyasi tarkibida parlament deputati, parlamentning Özbekiston bilan döstlik guruhi raisi Ville Skinnari ham böladi. Prezidentga Finlandiya savdo-sanoat kompaniyalari vakillari ham hamrohlik qiladi.

Ma’lumot uçun, Finlandiyaning sobiq prezidenti Mauno Koyvistoning 1992 yildagi taşrifi Finlandiya rahbarining Özbekistonga sönggi rasmiy taşrifi bölgan.

Joriy yil 9 sentabr kuni Şavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb telefon orqali muloqot qilgan edi.