Bu raketalar Rossiyani muzokaraga qaytişga majburlaş uçun bosim vositasi edi. Va bu bosim iş berdi: Zelenskiy Oq uyga qadam qöyişi arafasida, Putin Trampga qönğiroq qildi va ikki soatdan ortiq suhbatlaşib, Ukrainaga “Tomahawk” bermaslikka köndirdi. Muloqotdan keyin Oq uy rahbari yumşab, “Putin uruşni töxtatmoqçi” degan gapini yana takrorlay boşladi.
17 oktyabr kuni Vaşingtonga borgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy taşrifidan asosiy maqsadiga erişolmadi: AQŞ prezidenti Donald Tramp “Tomahawk” raketalarini hozirça bermasligini aytdi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar buning sabablari haqida söz yuritdi.
Şuhrat Rasul: Prezident Tramp, vitse-prezident Jyey Di Vens va janob Kellog ham bir neça marta Ukrainaga bu qurol berilişini aytgandi. Biz avvalgi körsatuvlarda “berilişi aniq” deganimizda, ayni şu bayonotlarga tayangan edik.
Bu qurolni berişdan maqsad – prezident Putinni muzokara stoliga ötirişga majburlaş edi. Zelenskiy bilan uçraşuvdan taxminan bir soat oldin Putin va Tramp 2,5 soat davomida suhbatlaşgan. Qurol berilmaganining asosiy sababi şundaki, Putin Budapeştda prezident Tramp bilan muzokaralarni qayta boşlaşga rozi bölgan. Demak, Tramp bu qurolni Putinga bosim ötkaziş vositasi sifatida işlatmoqçi edi, ammo bosim qurol berilmay turib öz samarasini berdi.
Tramp “Tomahawk” raketalari “mutlaqo berilmaydi” deb qat’iy aytmadi. U Zelenskiy bilan uçraşuvidan keyin matbuot anjumanida aytişiça, Putin bilan muloqot vaqtida undan: “Duşmaningizga 2000 dona “Tomahawk” raketasi bersam, bunga qanday qaraysiz?” deb söragan. Putin esa “zinhor bu işni qilmang” deb iltimos qilgan.
Muhimi, bu telefon suhbati Tramp emas, aynan Putinning taşabbusi bilan bölgan.
Xulosa qilib aytganda, Trampning maqsadi “Tomahawk” raketalarini beriş emas, balki ular orqali Rossiyaga siyosiy bosim ötkaziş edi. Bu bosim qurollar işlatilmasdan ham öz natijasini berdi: Putin muzokaralarga tayyorligini bildirdi va Budapeşt uçraşuvi rejalaştirildi.
Abduvali Soyibnazarov: Haqiqatan ham “Tomahawk” raketalari Vladimir Putinni çöçitgani aniq. Çunki bundan avval prezident Jo Bayden davrida “HIMARS” raketalari va boşqa hujumkor qurollar Ukrainaga berilgan, bu esa Rossiyaning harbiy-logistika tizimiga va energetika infratuzilmasiga sezilarli zarar yetkazgan edi.
Şu bilan birga, “Tomahawk” raketalari “HIMARS”dan farqli ölaroq, tovuş tezligidan tez uçmaydi va ular boşqa harbiy harakatlar teatrlarida bir neça bor urib tuşirilgan. Hatto Fransiya qurolli kuçlari boş ştabi boşliği öz intervyusida “Tomahawk” turidagi qanotli raketalar frontdagi umumiy vaziyatni tubdan özgartirmaydi, degan bayonot bergan. Biroq bugungi kunda Rossiyani öylantirayotgan asosiy masala – bu front çiziği emas, balki özining energetika tizimi va işlab çiqariş korxonalariga berilayotgan zarbalardir. Çunki bu holat mamlakatning eksport imkoniyatlarini jiddiy çeklab qöymoqda.
Putin Tramp bilan suhbat çoğida agar “Tomahawk” raketalari Ukrainaga yetkazib berilsa, bu AQŞning vositaçilik roliga putur yetkazişi va Rossiyaning muzokaralardan çiqişiga sabab bölişini bildirgan. Demak, ehtimol, ana şu signal va diplomatik ogohlantiriş Trampni vaqtinça bosimni yumşatişga undagan.
Oybek Sirojov: Putin va Tramp örtasidagi telefon muloqoti bölişi kutilgan edi. Bu haqda Trampning özi ham avvalroq ta’kidlagan. Biroq bu suhbat aynan Zelenskiy taşrifidan oldin bölişini heç kim kutmagan. Bu muloqot Zelenskiy tomonidan tayyorlangan dasturlar va rejalaştirilgan kelişuvlarni sezilarli darajada özgartirib yubordi. Bu vaziyatni tahlil qilganda, uçta asosiy masalaga e’tibor qaratiş mumkin.
Birinçidan, telefon muloqoti taşabbusi Putindan çiqqan. Demak, bu jarayonda köproq manfaatdor tomon aynan Rossiya bölgan.
Ikkinçidan, qönğiroq Zelenskiyning Oq uyga taşrifidan oldin amalga oşirilgan. Bu esa vaqt jihatidan ham strategik ahamiyatga ega.
Uçinçidan, “Tomahawk” raketalarining berilişi masalasi Rossiyaga bosim ötkaziş vositasi sifatida körilgan. Bu raketalarni yetkazib berişning maqsadi Ukrainaga 1991 yilgi çegaralarini töliq qaytarib beriş emas, balki Rossiyani muzokaralar stoliga qaytariş va uruşni tezroq tugatişdan iborat edi.
Endi savol tuğiladi: Rossiya AQŞni öz pozitsiyasiga qançalik qiziqtira oldi? Trampning sözlariga qaraganda, telefon muloqoti “samarali va mazmunli” keçgan. U hatto Zelenskiyga “Putin uruşni töxtatmoqçi” deganini aytgan. Bu holatdan kelib çiqib, Putin Trampni özining muzokaralarga tayyorligiga işontira olgan, ya’ni muayyan darajada yon bergan, deb taxmin qiliş mumkin.
Bundan taşqari, AQŞ manfaatlari nuqtayi nazaridan ham, ayrim jihatlar muhim ahamiyatga ega. Tramp doimo ta’kidlab keladi: “Bu uruşni Bayden boşlagan, agar men hokimiyatda bölganimda uruş bölmasdi”. Şu bois u bu mojaroning “Bayden uruşi”dan “Tramp uruşi”ga aylanib qolişini istamaydi. Ya’ni Ukrainaga qöşimça, ayniqsa yuqori texnologiyali qurollar yetkazib beriş Tramp uçun siyosiy xavf tuğdiradi.
Yana bir muhim jihat – Trampning Putinga nisbatan ritorikasi özgarib borayotgani. Şanhay Hamkorlik Taşkiloti sammitidan söng u Putinga nisbatan jiddiy tanqidiy gaplar ayta boşladi. Bu özgarişning sababi Rossiya bilan Xitoy örtasidagi yaqinlaşuv bölişi mumkin. AQŞ uçun Rossiya–Xitoy ittifoqining kuçayişi strategik tahdid sanaladi. Budapeştda rejalaştirilayotgan navbatdagi uçraşuvda Tramp va Putin bu masalani batafsil muhokama qilişlari kutilmoqda.
Törtinçi masala – Trampning şaxsiy siyosiy ambitsiyalari. U özini “uruşlarni töxtatgan prezident” sifatida tarixda qoldirmoqçi. Tramp bir neça bor “men yettita, sakkizta uruşni töxtatdim” deb ta’kidlagan. Şu sababli u Ukraina–Rossiya uruşini ham yakunlaş imkoniyatini öz siyosiy ğalabasi sifatida körmoqda.
Kamoliddin Rabbimov: Darhaqiqat, Putinning diplomatik salohiyati yuqori. U çorak asrdan beri hokimiyatda. Bundan taşqari, Donald Trampga xuşomadgöy liderlar juda yoqadi – Putin aynan şunday. U Trampga nisbatan malakali va çiroyli xuşomad qiluvçi siyosatçi obrazida maydonga çiqmoqda.
Ikkinçidan, Tramp butun dunyoni tanqid qilsa ham, Putinni jiddiy, qattiq tanqid qilmagan. Şundan kelib çiqqan holda, Ğarb elitalarida Tramp va Putin örtasida qandaydir boğliqlik yoki kompromiss yuz berişi mumkinligi haqidagi taxminlar kuçli.
Uçinçidan, Tramp kimlarni hurmat qilişini yoki kimlarga e’tibor berişini kuzatganimizda, u avtoritar yetakçilarni qadrlaydi. Masalan, Erdöğan kabi uzoq muddat hokimiyatda qolgan avtoritar şaxslar Tramp tafakkurida qudratli hisoblanadi. Tramp liberal qadriyatlarni birinçi öringa qöyuvçi siyosatçi emas: uning tafakkuri avtoritar yönalişga moyil va u hokimiyat almaşinuvi, hokimiyatlar bölinişi kabi liberal institutlarni doimiy siyosiy funksiyalar sifatida tölaqonli qabul qilmasligi mumkin. Şu bois, kim uzoq vaqt hukmronlik qilsa, Tramp közida u kuçli lider deb qabul qilinadi. Şuning uçun ham Putin Tramp bilan muloqotda har safar aniq tayyorgarlik köradi, qanday sözlar işlatilişi va asosiy argumentlar nimadan iborat bölişiga alohida e’tibor beradi.
Zelenskiy masalasiga kelsak, “Tomahawk” raketalari borasidagi yondaşuv Yevropa Ittifoqida umumiy ravişda şunday: uşbu qurol-aslahalar ertami-keçmi ma’lum miqdorda yetkazib beriladi. Hozirça “Tomahawk” Putinga bosim vositasi sifatida qöllanmoqda. Ammo agar Putin töliq muzokaradan voz keçib, uruşni davom ettirişga qaror qilsa, Trampning ham “nega bermasligim kerak?” degan nuqtayi nazari paydo bölişi mumkin.
Trampning siyosiy uslubi – zarur paytda ikkala tomonga ham bosim ötkaziş orqali ulardan natija olişga uriniş. Biroq keçagi telefon muloqotlaridan olingan insayder ma’lumotlariga köra, Putin öz pozitsiyasida qattiq turib: “Uruş töxtatilsa, Donbass bizga berilişi kerak” kabi talabni ilgari surmoqda.
Suhbatni töliq YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.












