Özbekistonda sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 mln dollardan köp sarmoya kiritgan investorlarga imtiyozlar beriladi. Bu haqda 21 oktyabr kuni ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilindi.
«Bir narsani tuşuniş kerak: tarmoq va hududlarda sun’iy intellekt infratuzilmasiga oşib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab bölmaydi», – dedi prezident.
Bugun start berilgan IT-Park loyihasining ikkinçi bosqiçi doirasida Saudiyaning Data Volt kompaniyasi bilan 150 million dollar hisobiga 12 megavattli data-markaz işga tuşiriladi.
Keyingi bosqiçda yana 3 milliard dollar sarmoya hisobiga quvvatlar 500 megavattga olib çiqiladi.
Prezident yiğilişda investorlar uçun yanada jozibador muhit yaratib, zamonaviy super kompyuter klasterlari va data-markazlarni köpaytiriş zarurligini qayd etdi.
Bunday markazlar xarajatining 70 foizi elektr energiyasiga töğri kelgani uçun investorlar jozibador elektr tariflari masalasini kötargan.
Bu boradagi işlar Qoraqalpoğistondan boşlanişi belgilandi. Sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan köp sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi, IT-park imtiyozlari tatbiq etiladi, import uskunalari bojxona tölovidan ozod etiladi.
«Bu sohada katta sakraş qiliş bilan birga, Qoraqalpoğiston iqtisodiyoti rivojiga ham munosib hissa qöşadi», – dedi davlat rahbari.
Bundan taşqari, olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlaş uçun keyingi yildan yöldoşli internet operatorlari faoliyati yölga qöyilişi ma’lum qilindi. Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qöşilgan qiymat soliğidan ozod etiladi.
Ma’lumot uçun, 2024 yil avgust oyida Qozoğiston Ilon Maskning SpaceX kompaniyasidan Starlink sun’iy yöldoş internetini işga tuşirgan Markaziy Osiyodagi birinçi davlat bölgandi. 2025 yil oktyabrida Tojikiston aloqa xizmati Starlink bilan xuddi şunday şartnoma tuzdi, tizim Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonda 2025–2026 yillarda işga tuşirilişi kutilmoqda.













