Shu yilning 30 oktyabridan 14 noyabriga qadar Samarqandga kirish yo‘llari vaqtinchalik yopiladi. Shu kunlari Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tranzit transport vositalari uchun aylanma harakat yo‘nalishlari tashkil etiladi.
IIV ushbu kunlarda Samarqandga borishni maqsad qilgan fuqarolarga rejani o‘zgartirishni tavsiya qildi.












