Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabz-Mirobod ko‘chasi aylanma chorrahasidagi vaziyat bo‘yicha izoh berildi
Toshkent shahar hokimligi Shahrisabz-Mirobod ko‘chasi aylanma chorrahasidagi vaziyat bo‘yicha izoh taqdim etdi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Shota Rustaveli ko‘chasi rekonstruksiyasining birinchi bosqichi yakunlanib, aylanma qismida harakatlanish tizimi yangilangandan so‘ng, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlari yo‘l harakatini tashkil etish qoidalari talablariga to‘liq muvofiq holda o‘rnatilgan.
Aylananing butun perimetri bo‘ylab svetofordan kamida 50 metr oldin haydovchilarga harakat yo‘nalishini oldindan aniqlash va xavfsiz harakatlanish imkonini beruvchi axborot va ko‘rsatma belgilari, shu jumladan, yo‘laklar bo‘yicha yo‘nalish ko‘rsatkichlari joylashtirilgan.
Chorrahaga yaqinlashish joylarida qatnov qismi ustida metall konstruksiyalar o‘rnatilgan bo‘lib, ularga barcha harakat ko‘rsatkichlari mahkamlangan. Bu zich transport oqimida ham ularni yaxshi ko‘rish imkonini beradi.
Ba’zi hollarda haydovchilarning yangilangan harakat tizimiga moslashishi bilan bog‘liq noqulayliklar vujudga kelishi mumkin. Ular tezkorlik bilan tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan tezkor ravishda bartaraf etiladi, deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
19:04 / 20.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari e’lon qilindi
11:12 / 20.03.2026
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
09:08 / 20.03.2026
Toshkent shahri yashash va ovqatlanish xizmatlarida yetakchi bo‘ldi
08:35 / 20.03.2026