Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vaşingtonda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan ötkazilgan navbatdagi uçraşuvda Ukraina öz hududlarini ixtiyoriy ravişda topşirmasligini ma’lum qilgan, şundan keyin Tramp uruşni hozirgi front çiziğida muzlatiş taklifini bergan. Şu bilan uçraşuv yakunlangan, deyiladi Reuters xabarida. Tramp muzokaralardan keyin jurnalistlar qarşisida öz taklifini takrorlagan, Zelenskiy ham bu pozitsiyani ma’qullagan.

Reuters suhbatdoşlari fikriça, Trampning pozitsiyasiga u Zelenskiy bilan uçraşuv arafasida RF prezidenti Vladimir Putin bilan ötkazgan telefon muloqoti ta’sir körsatgan.

The Washington Post gazetasi şanba kuni öşa muloqot çoğida Putin Ukrainadan Zaporijjya va Xerson oblastlarining bir qismi evaziga Donetsk oblastini töliq topşirişni talab qilayotgani haqida xabar qilgandi (xabardan gap Putin uşbu oblastlarning bosib olingan qismidan çekinişga rozimi yoki şunçaki uşbu oblastlarning hali Ukraina nazoratida qolayotgan qismiga ortiq da’vo qilmasligini nazarda tutganmi, buni bilib bölmaydi).

Reuters manbalaridan biri qayd etişiça, amerikaliklar Zelenskiyga 17 oktyabr kungi uçraşuvda ham aynan şunday almaşuvni taklif etişgan. Şu bilan birga, Tramp jurnalistlarga Ukraina vakillari bilan Donbassning topşirilişi ehtimolini «heç qaçon muhokama qilmagani»ni aytdi.

Kremldagilar esa mojaroni töqnaşuv çiziği böylab muzlatiş ğoyasini yana bir bor rad etişga ulgurdi. «Bu mavzu bir neça bor kötarilgan, Rossiya-Amerika aloqalari davomida turli nyuanslar bilan kötarilgan va Rossiya tomoni har safar javobini bergan, bu javob qandayligi esa yaxşi ma’lum: Rossiya Federatsiyasi pozitsiyasining izçilligi özgarmaydi», – dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Zelenskiy: uruş yakuniga qarab bormoqda

«Biz uruş tugaşi ehtimoliga yaqinlaşdik. Men buni aniq qilib aytyapman. Bu uning aniq tugaşini anglatmaydi, ammo prezident Tramp Yaqin Şarqda köp narsaga erişdi va bu tölqinda u Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini tugatmoqçi», – dedi Zelenskiy 19 oktyabr kuni jurnalistlarning savollariga javob berarkan.

Ukraina prezidenti öz fikrini batafsil tuşuntirib bermagan. U faqat dunyoda uruşni tugatiş uçun kuçli siyosiy talab şakllanayotganini ta’kidladi. Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina bu kayfiyatdan Rossiyaga ham harbiy, ham diplomatik bosimni kuçaytiriş uçun faol foydalanmoqda.