Hujjatga köra, sohani raqamli transformatsiya qiliş va ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantiriş böyiça quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

🔹 2028 yil 1 dekabrga qadar favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini raqamlaştiriş darajasi 60 foizga yetkaziladi;
🔹 2030 yilga qadar import qilinayotgan avariya-qutqaruv va yonğin-texnik mahsulotlarni mahalliylaştiriş darajasi 30 foizga yetkaziladi;
🔹 sohaga oid innovatsion mahsulotlarni işlab çiqiş, sinov-tadqiqot va yonğin-texnik ekspertizalarni rivojlantiriş çoralari amalga oşiriladi.

2026 yil 1 dekabrga qadar idoralararo raqamli jamoa tomonidan yagona texnologik talablar asosida sohani raqamlaştiriş işlari yakunlanadi.

2027 yil 1 dekabrga qadar esa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot-tahliliy platformalariga integratsiya qilinadi.