Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod tumanida qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in yuz berdi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Kecha, 21 oktyabr kuni soat 22:31 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirobod tumani, Sariko‘l ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:39 da voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 22:52 da qurshab olinib, soat 22:58 da to‘liq o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yerto‘la qismida saqlanayotgan qurilish mollari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.