Senator Lindsi Grem AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ağdariş uçun şaroit yaratişini aytdi. Bu haqda respublikaçi Fox News efirida şunday dedi:

«Donald Tramp Maduroni taxtdan ağdarmoqçi. Hamma Maduroning yomonligi haqida gapiradi. U ağdariladi. U narkoterrorçi, narkosavdogar, noqonuniy prezident va Tramp uning qulaşiga olib keladigan şaroitlarni yaratadi».

Grem sözlariga köra, Venesuela - «Maduro tomonidan boşqariladigan, Eron bilan aloqalari bölgan narkoterrorçi davlat».

Senator prezidentning Venesueladan giyohvand moddalar olib ketayotgan kemalarga zarba beriş qarorini alohida qayd etib, endi AQŞ nafaqat kemalarning özini, balki ularga giyohvandlik moddasini yuklayotganlarni, şuningdek, «narkokartellarni boşqarayotgan narkoterrorçilar»ga boşpana bergan mamlakatni ham ta’qib qilişini aytdi.

Fox News boşlovçisi Şon Xennitining eslatişiça, Grem avvalroq Tramp bilan Venesuelada muxolifat yetakçisi, tinçlik böyiça Nobel mukofoti sovrindori Mariya Korina Maçadoning hokimiyat tepasiga kelişi mumkinligini muhokama qilgan.

Ötgan hafta Tramp Venesuela yetakçisi AQŞga keskinlikni yumşatiş böyiça bir neçta takliflar bilan murojaat qilgani haqidagi xabarlarni oçiq tasdiqladi. Tramp telekörsatuvda şunday dedi: «U hamma narsani taklif qildi. U hamma narsani taklif qildi. Bilasizmi, nima uçun? Çunki u Qöşma Ştatlar bilan öçakişişni istamaydi».

AQŞ va Venesuela örtasidagi munosabatlardagi keskinlik sönggi bir neça hafta içida kuçayib bormoqda. Qöşma Ştatlar Maduroga tahdid qilmoqda va allaqaçon Venesueladan giyohvand moddalar olib ketayotgan kemalarga bir qator zarbalar bergan.