Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yevropa kengaşi prezidenti Antoniu Koşta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyenning taklifiga binoan 23–24 oktyabr kunlari rasmiy taşrif bilan Bryussel şahrida böladi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, taşrif dasturiga muvofiq, Yevropa Ittifoqi poytaxtida uşbu birlaşmaning asosiy institutlari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Köp qirrali munosabatlarni joriy yil aprel oyida Samarqand şahrida ötgan oliy darajadagi uçraşuvda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida rivojlantiriş va kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqiladi.
«Savdo-iqtisodiyot, investitsiya-moliya, innovatsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, fan-ta’lim va boşqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlik böyiça aniq loyiha hamda dasturlarni ilgari suriş e’tibor markazida böladi», – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim imzolanişi közda tutilgan.
Taşrif doirasida Özbekiston yetakçisi Belgiya rahbariyati bilan uçraşuv ötkazadi, texnologik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş böyiça qöşma rejalarni jadallaştiriş maqsadida Yevropaning yetakçi kompaniya va banklari rahbarlarini qabul qiladi.












