Eng avvalo, ikki jihatni ta’kidlash lozim:

  • Humo'dan Humo'ga pul o‘tkazmalari uchun aksariyat ilovalarda komissiya olinmaydi (o‘tkazmalar miqdori bo‘yicha limitlar bo‘lishi mumkin).
  • Bir qator banklar o‘zi chiqargan kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya olmaydi.

Bundan tashqari, ba’zi holatlarda biror bir kartaga komissiyasiz pul o‘tkazish zarurati yuzaga kelganda, qabul qiluvchi karta qaysi bankniki ekanini aniqlab, o‘sha bankning ilovasiga murojaat qilish foydali bo‘lishi mumkin. Bunda siz shartli “A” bankning ilovasini o‘rnatib, unga boshqa bankdan olingan o‘z kartangizni ulaysiz va “A” bank kartasiga komissiyasiz o‘tkazmani amalga oshirasiz.

Quyida – kartadan kartaga o‘tkazmalar (P2P) xizmatini komissiyasiz taqdim etadigan ilovalarni sanab o‘tamiz.

Oyiga 10 mln so‘mgacha:

  • Alliance Pay (Asia Alliance Bank)
  • BRB (Biznesni Rivojlantirish Banki)
  • ChakanaPay (Agrobank)

Oyiga 5 mln so‘mgacha:

  • Hamkor (Hamkorbank)
  • Mavrid (Mikrokreditbank)
  • OpenBank
  • SQB Mobile (Sanoat Qurilish Bank)
  • SelloPay
  • Xazna (Xalq Banki)

Oyiga 3,5 mln so‘mgacha:

  • DavrMobile (Davr Bank)

Oyiga 3 mln so‘mgacha:

  • Milliy (Milliy bank). Ish haqi loyihasi mijozlari uchun komissiyasiz o‘tkazmalar limiti – 10 mln.
  • My Turon (Turonbank).
  • Paynet. Foydalanuvchi muayyan shartlarda komissiyasiz o‘tkazma limitini 5 mln so‘mgacha oshira oladi.