Pentagon vakiliga köra, davlat idorasi bunday miqdordagi mablağni xayriya sifatida qabul qiliş vakolatiga ega. Pul harbiy xizmatçilarga oylik maoş tölaşga yönaltiriladi. Şu bilan birga, Pentagon xayriya qilgan şaxs AQŞ fuqarosimi-yöqmi, degan savolga javob berişdan boş tortdi.

Politico qayd etişiça, Pentagon reglamentiga muvofiq, harbiylar yoki ularning oila a’zolari foydasiga 10 ming dollardan ortiq har qanday xayriya etika xodimlari tomonidan körib çiqilişi şart — «donorning manfaatlari uşbu xayriyadan jiddiy darajada ta’sirlanmasligi»ni aniqlaş uçun.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Pentagonning noma’lum donorini bilişini işora qildi, ammo şaxsni oşkor etmadi. U mablağ ajratilişini e’lon qilar ekan, xayriya ma’lum bir «döstlik» tuyğusi bilan amalga oşirilganini aytdi.

Oq uy rahbari şunga qöşimça ravişda hukumat işining töxtab qolişi uçun navbatdagi safar Demokratik partiyani aybladi — bu holat sabab davlat idoralarida, jumladan mudofaa tizimida ham xodimlar va tegişli tuzilmalarga maoş tölaşda qiyinçiliklar yuzaga kelgan.

Şunga qaramay, berilgan summa barça amerikalik harbiylarning maoşiga yetmaydi, deya yozadi Politico. Naşr ma’lumotiga köra, faqat oktyabr oyining birinçi yarmida şunga öxşaş xarajatlar taxminan 6,5 mlrd dollarni taşkil etgan. Kelasi hafta Qöşma Ştatlar Kongressi harbiylarga maoş ajratişga imkon beradigan bir neça qonun loyihalarini ovozga qöyadi.

AQŞda 1 oktyabrdan boşlab yangi moliyaviy yil budjeti böyiça kelişuv yöqligi sabab qator davlat idoralari işi rasman töxtatilgan — bu holat mamlakatda «şatdaun» deb ataladi.

Bunday vaziyat yuzaga kelişining sababi demokratlar va Tramp örtasida kambağal fuqarolar uçun tibbiy suğurta dasturi (Obamacare)ni moliyalaştiriş böyiça kelişmovçiliklardir. Kongressdagi Demokratik partiya vakillari 2026 yil budjetiga tegişli bandlar kiritilmas ekan, uni qabul qilişdan boş tortgan. Qonun çiqaruvçi organda aksariyat örinlar respublikaçilar qölida bölsa-da, demokratlar ovozisiz budjetni qabul qilişning imkoni yöq.

Şatdaun fonida Tramp davlat xizmatçilari ommaviy qisqartirilişini e’lon qildi. Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, yettita hukumat idorasidagi 4200 dan ortiq davlat xizmatçisiga mehnat şartnomasi bekor qilingani haqida bildirişnoma yuborildi — jumladan moliya, soğliqni saqlaş va ta’lim vazirliklarida. Şu bilan birga, Tramp mudofaa vaziriga hukumat işi töxtaganiga qaramay, harbiylarning maoşini ta’minlaşni topşirdi.