Rossiyaning Qozon şahri sudi qarori bilan Özbekistonga deportatsiya qilingan 6 nafar farzandli ayolga yordam berildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Özbekiston fuqarosi bölgan ayol (N.Q.) 20 yil avval doimiy yaşaş uçun Qozon şahriga köçib borgan, ammo yonğin oqibatida uning pasporti yonib ketgan. Oqibatda Rossiyada heç qanday hujjatsiz yaşagan. Bu vaqt davomida 6 nafar farzandi tuğilgan. 5 mart kuni Qozon şahri sudi qarori bilan ayol va farzandlari Özbekistonga deportatsiya qilingan.
Şundan söng, Rossiyaning Tatariston Respublikasi Bolalar ombudsmani ayol va farzandlari Toşkent şahrida boşpanasiz va mablağsiz qolgani yuzasidan Özbekiston Bolalar ombudsmaniga yordam sörab murojaat qilgan.
Özbekiston Bolalar ombudsmani vaziyat yuzasidan zarur çoralar körilişi uçun IIV va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga sörov yuborgan.
Ta’kidlanişiça, aprel oyida ayol va uning farzandlariga kömak körsatilib, oziq-ovqat, kiyim-keçak va boşqa maişiy ehtiyojlari ta’minlangan. Oilaga vaqtinça boşpana berilgan. Şuningdek, bir qança hujjatlar rasmiylaştirilgan.
Bolalar ombudsmani xabariga köra, Qozon şahri sudining deportatsiyaga oid qarorini yuqori instansiyada qayta körilişida oilaga huquqiy kömak körsatilişiga oid muzokaralar olib borilmoqda.
















