Aleksandr Kryajyev / RIA Novosti / Sputnik / AP / Scanpix / LETAAleksandr Kryajyev / RIA Novosti / Sputnik / AP / Scanpix / LETA
22 oktyabr kuni Qozonda oçilgan BRICS sammiti — 2022 yil fevralida Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlaganidan buyon Rossiya uçun eng nufuzli xalqaro tadbir. Mehmonlar orasida — nafaqat blok a’zolari bölgan mamlakatlar rahbarlari, balki hozirça unga qöşiliş imkoniyatini körib çiqayotgan davlatlar vakillari va hatto BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham bor (buning uçun Ukraina uni qoraladi). Ğarb matbuotidagi dastlabki baholarga köra, Rossii AQŞ va Yevropa mamlakatlariga Moskvani yakkalab qöyiş rejasi öxşamaganini körsatişga muvaffaq bölgan. Ammo sammitga kelgan yirik davlatlar rahbarlarining ham Rossiyaniki bilan mos kelmaydigan öz pragmatik kun tartibi bölişi mumkin.
Putinning ramziy ğalabasi
Rossiya — Braziliya, Hindiston, Xitoy qatorida BRICS asosçilaridan biri hisoblanadi (blok özining hozirgi nomini 2010 yilda JAR qöşilganidan keyin a’zo davlatlarning boş harflaridan olgan). Keyinroq Eron, Misr, Birlaşgan Arab Amirliklari va Efiopiya ham blokka qabul qilingan. Şuningdek, Turkiya va Ozarboyjon BRICS’ga a’zolik uçun ariza topşirgan.
BRICS’ning Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyingi ilk sammiti 2023 yilda Yoxannesburgda ötkazilgan, unga Vladimir Putin bormagan va videoaloqa orqali çiqiş qiliş bilan çeklangandi: bu vaqtda Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olişga order berib bölgandi, JAR rahbariyati esa undan mamlakatga kelmaslikni söragani aytilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin uçun Qozondagi sammit — Ğarbga ham, rossiyaliklarga ham u butun dunyodan ajratib qöyilmaganini körsatiş imkoniyatidir, deya qayd etadi BBC rus xizmati korrespondenti Grigor Atanesyan. AQŞ va ittifoqçilari uni aynan şunday çetlangan qilib körsatişsa-da, Global Janubning 30 dan ortiq davlatidan kelgan diplomatlar va mulozimlar bunga qöşilmaydi.
Ular orasida — Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya, JAR, şuningdek, Misr va Efiopiya hamda boşqa davlatlar bor. Ulardan bir qismi xuddi Rossiya kabi Ğarb sanksiyalariga uçragan, boşqalari esa — AQŞning muhim ittifoqçilari, Turkiya esa NATO a’zosi.
Bu mamlakat rahbarlari Rossiyaga borişga va Putinning qölini siqişga tayyorligi (Narendra Modi uni quçoqlab ham oldi) körsatadiki, Global Janubning aksar vakillarida Moskvaning Ukrainaga noqonuniy bostirib kirişiga — Vaşington va Yevropa poytaxtlarida körilganidek, jahon tartibotiga ekzistensial tahdid emas, balki navbatdagi mintaqaviy mojaro sifatida qaraladi, deb hisoblaydi BBC rus xizmati korrespondenti.
Ammo Kremlga ramziy kötarinkilik berişdan taşqari BRICS’ning bu uçraşuvi qanday moddiy yutuqlarga erişişi noma’lum, deya qayd etadi Grigor Atanesyan. «Çto eto bylo» podkastidagi çiqişida u hozirda BRICS mamlakatlarini nima birlaştirayotgani va Qozondagi sammit Kremlga nima uçun kerakligini tuşuntiradi.
Mavzuga oid
U yanga valuta yaratiş va «de-dollarizatsiya» (AQŞ dollarining global ustunligiga qarşi) haqidagi gaplar fonida sammit sayti keluvçilarga yonida naqd pul oliş kerakligi, çunki Mastercard va Visa Rossiyada işlamasligi, «Rossiyadagi banklarning aksarida faqat naqd AQŞ dollari yoki yevroni naqd rublga erkin almaştiriş mumkinligi» haqida eslatib turgan.
Xitoy BRICS’dan dunyo tartibotini özgartiriş uçun vosita sifatida foydalanadi
Ğarbning savdo va moliyaviy sanksiyalari şaroitida Rossiya iqtisodiyoti va harbiy maşinasi kun sayin qaram bölib borayotgan Kremlning Xitoy bilan aloqalari tobora mustahkamlanmoqda. Xitoy rahbari Si Jingping Putinni «qadrdon döst» deb ataydi. Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Pekin va Moskva örtasidagi munosabatlar biroz özgarganiga qaramay, u hamkasblari orasida eng köp Putin bilan uçraşmoqda. Rossiya kabi Xitoyni ham tez-tez inson huquqlari buzilişi uçun tanqid qilişadi.
Si BRICS’ning oldingi sammitiga kelgan, ammo nutq sözlamagandi. Xitoy yetakçisi biznes-forumni ötkazib yuborgan va öz nutqini öqib berişni savdo vaziriga topşirgan, bu barça uçun kutilmagan hol bölgandi. BBC Xitoy xizmati muxbiri Çen Yan Pekin Moskva bilan qançalik yaqin körinmasin, Xitoy ayniqsa xavfsizlik masalalarida Rossiya tomonida turişni unçalik xuşlamasligini eslatadi. Masalan, AQŞning takroriy sörovidan keyin Xitoy Rossiyaga ikki maqsadli tovarlar eksportini çeklagandi.
Şu bilan birgalikda, gap Ğarbga qarşi turiş haqida ketganda, ikki mamlakat manfaatlari köp hollarda umumiy böladi. BRICS buning isbotidir. Şunda Xitoy aslida nima istaydi?
Gapning indallosi, Si Jingping dunyoni avtoritar hukmdorlar uçun yanada mehmondöst qilişni istaydi. U inson huquqlari böyiça boşqa standartlar mavjud bölgan suveren davlat işlariga aralaşuv kamroq böladigan xalqaro tizim yaratilişini istaydi. Sodda qilib aytganda, Xitoy birinçi öringa inson huquqlarini emas, balki suverenitetni qöyişni istaydi, deya qayd etadi Çen Yan.
Bunga erişiş uçun Xitoy nima qilişi mumkin?
Xitoyning rejasi — imkon qadar köproq hamfikr mamlakatlarni birlaştiriş. Xitoyning iqtisodiy qudrati va inson huquqlari töğrisida unçalik qayğurmasligi AQŞ uslubidagi xalqaro tizimni yoqtirmaydigan köplab mamlakatlarga ma’qul keladi. BRICS bloki şunday mamlakatlarning muloqot klubiga aylandi va bu yangi a’zolar qöşilişi bilan tobora ravşan bölib bormoqda, deydi BBC Xitoy xizmati muxbiri.
Hindiston yetakçi va tinçlikparvar bölişni istaydi
Hindiston boş vazirining BRICS’ning oldingi sammitidagi çiqişi eng optimistik çiqiş bölgandi: Modi iştirokçilarni kosmik texnologiyalar sohasida hamkorlik qiliş, an’anaviy tibbiyot uçun markaziy bank yaratişga hamda BRIKS mamlakatlarida ta’lim darajasini oşirişga imkon beradigan texnologiyalarga investitsiya kiritiş böyiça kelişib olişga çaqirgandi. Hindiston ham xuddi Xitoy kabi BRICS taşkilotga yangi a’zolar qabul qiliş hisobiga kengayişi tarafdori sanaladi.
BRICS’ning bu yilgi sammiti Hindiston uçun mamlakatning blokdagi ikki asosiy kuç: Xitoy va Rossiya bilan özaro munosabatlari nuqtayi nazaridan öziga xos ahamiyatga ega, deb hisoblaydi BBC hind tilidagi xizmati muxbiri Raghvendra Rao.
Xususan, Hindiston boş vaziri Narendra Modi Xitoy raisi Si Jingping bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazişi közda tutilgan. Sönggi beş yil içidagi ilk bunday uçraşuv Hindiston Xitoy bilan Himolay toğidagi yaxşi belgilanmagan va bahsli bölib qolayotgan, 2020 yildan buyon mamlakatlar örtasidagi munosabatlarda keskinlikka sabab bölib kelgan 4 ming kilometrlik çegara böylab patrullik qiliş böyiça kelişuvga erişilganini e’lon qilganidan bir neça kun ötib ötkazilmoqda. Raghvendra Raoning eslatişiça, Hindiston Modi va Si uçraşuvi sönggi tört yil davomida Xitoy bilan özaro munosabatlarga soya solib turgan çegara mojarosiga nuqta qöyişidan umid qilmoqda.
Rossiya masalasida esa, BBC muxbiri fikriça, Hindiston özini Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaroda yaraştiruvçi sifatida namoyiş etmoqçi. Modi yaqinda Ukrainadagi uruşni RF prezidenti Putin bilan ham, Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan ham muhokama qilib, yordam taklif etgani fakti körsatadiki, Hindiston inqirozni yumşatişda faolroq rol öynaşni istamoqda.
Hindiston nafaqat BRICS a’zolari örtasidagi strategik va iqtisodiy hamkorlik uçun kuraşmoqda, balki rivojlanayotgan mamlakatlar orasida yetakçi bölişga ham urinmoqda, deb hisoblaydi Raghvendra Rao. Şu bilan birga, Hindiston taşqi siyosatda Rossiya bilan ham, Ğarb bilan ham işlab, u yoki bu tomonga juda yaqinlaşmasdan, mustaqil siyosat yurgizişda davom etmoqda.
Turkiya: Yevroittifoqqa qöşimça, muqobil emas
Yevroittifoqqa a’zoligiga 1999 yildan buyon nomzod maqomida qolayotgan Turkiya BRICS’ga qöşiliş uçun yaqinda, joriy yil sentabrida ariza topşirdi. Şu bilan birga, mamlakat rahbariyati bu blokni boşqa tuzilmalarga muqobil deb hisoblamasligini qayd etadi.
Sammit Turkiya uçun juda muhim, çunki Anqara Yevroittifoqqa qöşiliş böyiça jarayon töxtab qolgani fonida BRICS a’zoligiga intilmoqda, deya qayd etadi BBC’ning Turkiya xizmati muxbiri Emre Temel.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqaraning arizasini sammit maydonidagi ikki tomonlama uçraşuvlarda muhokama qilişi közda tutilgan.
Turkiyaning BRICS’ga a’zo bölişi yölidagi birinçi qadam sifatida şeriklik maqomi deb nomlangan yangi mexanizm taklif etilişi mumkin.
Prezident Erdöğan Turkiyaning BRICS bilan hamkorlik qilişga qat’iyligini tasdiqlab, Anqara Şarqning rivojlanayotgan derjavalari bilan özaro iqtisodiy munosabatlarni diversifikatsiya qiliş uçun yaqindan muloqot olib borişni istaşini ma’lum qilişi közda tutilgan.
Şuningdek, Turkiya BRICS bilan hamkorlik Yevropa ittifoqi bilan bojxona töğrisidagi bitimga muqobil emas, balki qöşimça ekanini, köplab turli xalqaro taşkilotlarda iştirok etib, öz iqtisodiy manfaatlariga amal qilişini ta’kidlaydi.
Eron quloği uçun musiqa va Braziliyaning blokni kengaytiriş böyiça şubhalari
Eron — blokning yangi a’zolaridan biri. Mamlakat 2024 yil 1 yanvarida BAA, Misr va Efiopiya bilan birgalikda BRICS a’zosiga aylangandi.
BBC Fors xizmati katta muxbiri va taşqi siyosat böyiça mutaxassisi Kayvan Husayniyning hisoblaşiça, BRICS’ga taalluqli barça narsa — Eron quloği uçun musiqa. U tepasida Ğarb hukmron bölgan dunyo tartibotiga qarşi çiqiş maqsadidagi ikki yadroviy derjava turgan BRICS bloki Eron oliy rahnamosi qaraşlariga mos kelişini ta’kidlaydi.
Kayvan Husayniyning fikriça, Yaqin Şarqdagi hozirgi dinamikani hisobga olgan holda, Eron BRICS’dan aniq bayonot beriş uçun foydalanişi mumkin: Eron Yaqin Şarq mojarosida keskinlaşuvni xohlamaydi, ammo provokatsiyalarni javobsiz qoldirmaydi.
Braziliya — ayni vaqtda blokning Lotin Amerikasidan bölgan yagona a’zosi. Taşkilotga 2024 yilda a’zo bölişni möljallagan Argentina keyinroq bu fikridan qaytdi.
Global Janubning öziga xos yetakçisi sifatida namoyon böliş doimo Braziliya prezidenti Lula da Silvaning kun tartibida bölgan va uning hukumati, aftidan, uşbu maqsadga erişiş uçun BRICS va uning Yangi taraqqiyot bankiga (taşkilot a’zolari tomonidan taşkil etilgan) katta umid boğlagan, deya eslatadi BBC Braziliya xizmati muxbiri Juliya Braun.
Ammo 2024 yilgi sammitga Braziliya amaliy maqsadda — yangi mamlakatlarning blokka qöşilişi uçun asosiy talablarni belgilab oliş maqsadida yetib keldi, deya qayd etadi Braun. Braziliya hukumati geografik jihatdan muvozanat hamda barça yangi a’zolar BRIKS asosçilari bölgan davlatlar bilan döstona munosabatda bölişini talab qiladi.
Sönggi band muhim, çunki Braziliya Venesuela va Nikaraguaning hamkor davlatlarga aylanişiga veto qöyiş niyatida ekanini bildirgan. Janubiy Amerikadagi Lulaning sobiq ittifoqçilari bölgan bu ikki mamlakatga munosabatlardagi sönggi yillarda röy bergan özgarişlar tufayli istalmagan mamlakatlar sifatida qarala boşlangan. Braziliya Nikaraguaning katolik çerkovga nisbatan olib borayotgan siyosatidan norozi, ikki mamlakat yaqinda bir-birining elçilarini çiqarib yuborgan.
Afrika uçun BRICS: yangi global VIP-klubga kiriş imkoniyati
BRICS’da Afrikaning biratöla uç vakili bor: blokka 2010 yilda qöşilgan JAR, 2024 yilda a’zolikka qabul qilingan Misr va Efiopiya.
BBC’ning Afrika bölimi muharriri Bruno Garsez Janubiy Afrika blokka a’zo bölganida, qit’ada bu Afrika uçun katta voqea sifatida e’tirof etilganini eslatadi, holbuki unnig iqtisodiyoti, aholisi soni va hududi blokning qolgan tört a’zosiniki bilan soliştirganda ança kiçik edi. Uning sözlariga köra, JAR BRICS’ga a’zo böliş orqali turli sohalarga, bank sohasidan tortib toğ-kon sanoatigaça Xitoy investitsiyalarini olib kirişni (bunga erişdi ham) va jahon arenasida yangiça muhim rol öynaşni közlagandi.
Ötgan yili BRICS’ga ikkita yangi a’zo — Misr va Efiopiya qabul qilindi. Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmed öz mamlakatining a’zoligini «inklyuziv va farvon dunyo tartiboti»da iştirok etiş imkoni deb atagandi. Bu blok va uning a’zolarining kötarilib borayotgan maqomiga maqtov sifatida ham, Afrika mamlakatlari uçun avvalgi kabi «inklyuziv» yoki «farovon» deb hisoblanmay qöygan Ğarb mamlakatlariga ta’na sifatida ham yangragandi, deb hisoblaydi Bruno Garsez.
Şu bilan birga, u Misr Efiopiya efiopiyaliklarning Nil daryosidagi töğoni loyihasi böyiça janjallaşayotgani hamda Afrikadagi bir-biriga duşman deb hisoblanadigan ittifoqlarga a’zo bölayotganini qayd etadi.
Ehtimoliy içki kelişmovçiliklarga qaramay, bugungi kunda blokka a’zo böliş nafaqat Afrikadagi, balki boşqa mamlakatlar uçun ham istakka aylangan. Rivojlanayotgan iqtisodiyot bölgan mamlakat uçun BRICS a’zosi böliş — savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, arzonroq kredit liniyalarini qölga kiritiş va xalqaro arenada közga köringan örinni egallaş imkoniyatidir, deydi muxbir.