AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ harbiy flotini yangilamoqçi, u «Oltin flot» deb nomlanadi, deb xabar berdi The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib.
«Oltin flot» Xitoy tahdidlariga qarşi tura oliş qobiliyatiga ega bölişi kerak. Reja hozirça dastlabki muhokama bosqiçida va Tramp unda bevosita iştirok etmoqda, dedi gazeta suhbatdoşlari.
Taxminlarga köra, yangi flot tarkibida ança kuçli uzoq masofali raketalarga ega bir qator yirik jangovar kemalar va korvetlar kabi kiçikroq kemalar böladi. Bundan taşqari, fregatlarning yangi sinfi, jumladan, ularni gipertovuşli raketalar bilan qurollantiriş imkoniyati ustida iş olib borilmoqda.
Muhokamalarda iştirok etayotgan iste’fodagi dengiz zobiti Brayan Klarkning aytişiça, AQŞ taxminan 280-300 ta kema va köplab uçuvçisiz kemalardan iborat flotga e’tibor qaratişni rejalaştirmoqda. Dronlar bilan birgalikda katta va kiçik kemalardan foydalanadigan model zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraşiş uçun köproq mos keladi. Hozirgi flot ularga qarşi kuraşda qiyinçiliklarga duç kelmoqda - bu, masalan, Qizil dengizda husiylarning hujumlarini qaytarişda körinib qoldi, dedi Klark.
Uning sözlariga köra, katta hajmdagi kemalarni Trampning prezidentlik muddati tugaguniga qadar qurişning imkoni bölmasa-da, korvetlar qurilişi mumkin.
AQŞ prezidenti sentabr oyi oxirida dengiz flotining ba’zi kemalari öziga yoqmasligini aytdi - u ularni «xunuk», özini esa «juda estetik odam» deb atadi.
Tramp, şuningdek, 2026 yilda AQŞ 19 ta yangi harbiy kemaga ega bölişini va uning ma’muriyati «Oltin gumbaz» raketaga qarşi mudofaa tizimi loyihasini işga tuşirganini eslatdi.












