YuNeSKOning 43-sessiyasi va XIV Yoşlar forumi doirasida «Bağrikenglik kemasi» loyihasining 20 yilligi keng nişonlandi. Mazkur loyiha Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi taşabbusi bilan amalga oşirildi.

«Bağrikenglik kemasi» taniqli rassomlar Ilya va Emiliya Kabakovlar tomonidan 2005 yilda Misrda boşlangan. Bugunga qadar dunyoning 20 ga yaqin şahrida namoyiş etilgan xalqaro badiiy loyiha hisoblanadi. U san’at vositasida madaniyatlararo muloqot, bağrikenglik va tinçlikni tarğib etişga xizmat qiladi.

Samarqanddagi loyiha doirasida Özbekistonning turli hududlaridan kelgan bolalar çizgan rasmlar asosida yelkan örnatildi. Har bir rasm tinçlik, umid va birdamlik timsoli sifatida «kemani» bezab turibdi.

YuNeSKO Yoşlar forumi doirasida ötkazilgan xalqaro bolalar konsertida esa özbekistonlik va xorijiy ijroçilar, orkestrlar, ansambllar va xor jamoalari iştirok etdi. Ular mumtoz hamda an’anaviy kuy-qöşiqlar orqali loyiha tarğib qilayotgan ğoyalarni - muloqot, ijodkorlik va birlaşuvni - musiqiy ifodada yetkazdilar.
Loyiha taşabbuskorlarining ta’kidlaşiça, «Bağrikenglik kemasi» dunyo bolalarining umumiy ovozidir. U millat, din yoki tilga qaramasdan, insoniyatni tinçlik va tuşuniş sari çorlaydi.
Kabakovlarning uşbu loyihasi sönggi yigirma yil içida Venetsiya, Moskva, London, Nyu-York va boşqa şaharlarda «tinçlik va birdamlikning tirik yodgorligi» sifatida e’tirof etilgan. Endi esa bu ramziy kema Şarq va Ğarb örtasidagi madaniy boğliqlik timsoli sifatida Samarqand osmonida «yelkan yozmoqda».
















