6 noyabr kuni Vaşingtonda AQŞ prezidenti Donald Tramp mezbonligida «Markaziy Osiyo - AQŞ» sammiti bölib ötadi. Özbekiston prezidenti administratsiyasidagi manba Kun.uz’ga tasdiqlaşiça, unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etadi.
Qayd etilişiça, sammitda iştirok etiş taklifi Markaziy Osiyoning barça davlatlari prezidentlariga, jumladan, Şavkat Mirziyoyevga ham yuborilgan.
Ta’kidlanişiça, sammitga asos solinganiga 10 yil tölişi munosabati bilan unda AQŞ prezidenti Donald Tramp iştirok etişi kutilmoqda.
Avvalroq, AQŞ Kongressi a’zolari prezident Trampga «Markaziy Osiyo - AQŞ» (C5+1) formatidagi sammitni ötkaziş böyiça tavsiya maktubi yölladi. Unda forum Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlaş va mintaqadagi AQŞ strategik manfaatlarini ilgari suriş uçun noyob imkoniyat ekani ta’kidlangan.
«Markaziy Osiyo - AQŞ» (C5+1) formati AQŞ va Markaziy Osiyoning beşta davlati örtasidagi muloqot va birgalikdagi sa’y-harakatlar uçun platformadir. U 2015 yil noyabr oyida Samarqandda bölib ötgan taşqi işlar vazirlarining birinçi uçraşuvidan söng taşkil etilgan va 2023 yil sentabr oyida bölib ötgan prezidentlar uçraşuviga qadar taşqi işlar vazirlari darajasida ötkazilgan.
Uşbu taşabbus doirasidagi muhokamalarning asosiy yönalişlari xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ TIV rahbarlarining 5+1 şaklidagi sönggi uçraşuvi 28 fevral kuni Ostonada bölib ötgan edi. Şunda tomonlar mintaqa mamlakatlari örtasida ham, AQŞ bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.












