Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekiston–Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Suhbatlarda sanoat kooperatsiyasi, agrosanoat va farmatsevtika, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, turizm hamda ta’lim kabi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash nazarda tutilgan. Shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashish rejalashtirilgan.
Aleksandr Vuchich shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.
















