Ta’lim | 17:47 / 28.10.2025
3244
2 daqiqa o‘qiladi

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

Kasbiy ta’lim faoliyatini davlat ta’lim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va o‘quv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan beriladi.

Foto: gov.uz

«Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmondan ko‘zlangan asosiy maqsad kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitishda boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali yagona yondashuv asosida kasbga o‘qitish, ilg‘or xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ekani ta’kidlangan.

Farmon bilan, Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

Kasbiy ta’lim faoliyatini davlat ta’lim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va o‘quv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan beriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida Kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi.

Kengash tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga hududdagi yirik tadbirkorlik sub’yektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiritiladi.

Mavzuga oid