Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya prezidentining tashrifi: sanoat, AT, turizm va ta’lim bo‘yicha kelishuvlar kutilmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 28–31 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi. Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, sanoat, axborot texnologiyalari, turizm va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Foto: O‘zA
Rasmiy tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat rahbarlari ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Suhbatlarda O‘zbekiston–Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan:
mashinasozlik va sanoat kooperatsiyasi;
agrosanoat va farmatsevtikada qo‘shma loyihalar;
axborot texnologiyalari va raqamlashtirishda amaliy yechimlar;
turizm va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish;
ta’lim, madaniy-gumanitar almashinuvlar hamda tartibli mehnat migratsiyasi kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama etiladi.
Tashrif yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan. Shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo‘yicha ham fikr almashiladi.
Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026
NATO va Serbiya ilk qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda
18:24 / 01.02.2026
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
12:01 / 29.12.2025