Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi
O‘zbekistonlik himoyachining transfer qiymati 35 mln yevroga baholanmoqda.
Professional shartnomalarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Osiyo qit’asi futbolchilarining yangilangan transfer narxlarini e’lon qildi.
Reytingda O‘zbekiston milliy jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyo qit’asining eng qimmat futbolchisiga aylandi. Uning transfer narxi 35 mln yevroga baholangan.
Xuddi shunday qiymatga yaponiyalik Kaoru Mitoma («Brayton» Angliya) ham ega, u reytingning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan.
Janubiy Koreya milliy jamoasi a’zosi Kim Min Je («Bavariya» Germaniya) 32 mln yevroga baholangan va uchinchi pog‘onada joylashdi.

Shuningdek, qit’aning transfer qiymati baland futbolchilari orasida Abbosbek Fayzullayev ham bor. U 8 million yevro narx bilan 25-o‘rindan joy olgan.
Mavzuga oid
19:00 / 29.06.2026
Enso Mareska "Manchester Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlandi
14:53 / 19.06.2026
JChda 8-kun. Husanov operatordan uzr so‘radi, Shveytsariyada yangi yulduz porladi
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026